HAYIT BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR TO’PLAMI

HAYIT BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR TO’PLAMI


Tortiq bo’lsin sizga duo-salomlar,

Duoda eng go’zal, shirin kalomlar.

Iloho uyingiz nurlarga to’lsin,

Qurbon Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin!


======================


Sizni suysin Payg’ambarlar sardori,

Siz ham bo’ling ul jannatning gavhari.

Ollohdan so’raylik ezgu bir niyat,

Aziz zamondoshim «Hayit» muborak!


======================


Mo’minni sevdirgan mehr muborak!

Ro’zada asqotgan sabr muborak!

Bundanda ajoyib, bundanda go’zal,

Ming kundan yahshiroq HAYIT MUBORAK


======================


Eshit do’stim, sen bu kun yomonlikdan qayt,

Undan ko’ra savob qil, yaxshi so’zlar ayt,

Men xam seni tabriklay shunday ulug’ payt,

Chunki bugun qutlug’ bayram QURBON Hayit!


======================


Ollohning rahmati bo’lsin bizlarga,

Qalbimiz hidoyat nuriga to’lsin.

Shukrkim yetkazdi qutlug’ kunlarga

Xayit ayyomingiz muborak bo’lsin!


======================