O‘QISHNI KO‘CHIRISH BO‘YICHA MUDDATLAR

O‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash quyidagi 9 ta bosqichda amalga oshiriladi. Bular quyidagilar:

O‘QISHNI KO‘CHIRISH BO‘YICHA MUDDATLAR


Kuzgi semestr bo‘yicha
1-bosqich: 15 iyungacha Hududlardagi qaysidir bitta OTMda hamda vazirlikda faoliyat yuritadigan Ishchi guruh tashkil etiladi.

2-bosqich: 15 iyuldan 5 avgustgacha

Talabalardan arizalar qabul qilish


3-bosqich: 5 avgustdan 30 avgustgacha

Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo‘llanadi.


4-bosqich: 2 sentyabrdan 10 sentyabrgacha

Ko‘chirish (qayta tiklash) masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.


5-bosqich: 1 oktyabrgacha

Kontraktdagilar to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.


Bahorgi semestr bo‘yicha
6-bosqich: 15 yanvardan 25 yanvargacha

Talabalardan arizalar qabul qilish


7-bosqich: 25 yanvardan 15 fevralgacha

Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo‘llanadi.


8-bosqich: 15 fevraldan 25 fevralgacha

Uzrli sabablar bilan bahorgi semestrda ko‘chirish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.


9-bosqich: 1 martgacha

Kontraktdagilar to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.


Manba: Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning

Telegram kanalidan olindi