O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o`tab, harbiy qismlar qo`mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo`lganlarga beriladigan imtiyozlar.

 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o`tab, harbiy qismlar qo`mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo`lganlarga beriladigan imtiyozlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019 yil 5 iyuldagi 5759-son Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abiturientlarni respublikaning oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yiliga tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi va ular ushbu ko‘rsatkichlar doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga harbiy qismlarning qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi.