“Tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga qanday imtiyozlar belgilangan?
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2019-yil 19-martdagi 47-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tanlovning Respublika bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq, “Tarbiyachi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari Maktabgacha taʼlim vazirligining taqdimnomasiga muvofiq, Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalariga, mos taʼlim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.