Ta‘limning sirtqi shakllari haqida ma‘lumot bersangiz!
?Ta‘limning sirtqi shakllari haqida ma‘lumot bersangiz!
«Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim quyidagi shakllarda olib boriladi: sirtqi shakl, maxsus sirtqi shakl, ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot berishning sirtqi shakli.
Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga talabalarni qabul qilish:
✅ sirtqi shaklda — umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan;
✅ maxsus sirtqi shaklda — faqat tegishli yoki turdosh taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga va taʼlim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan;
✅ ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot berishning sirtqi shaklda — oliy maʼlumotga ega bo‘lgan (agar xorijiy oliy taʼlim muassasasini tugatgan bo‘lsa, oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilishgan) bo‘lishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq tashkil etiladi.