Qirg‘iziston oliygohlari

? Qirg‘iziston oliygohlari

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda bugungi kunda 64 ta OTM va ularning filiallari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 25 tasi davlat va 39 tasi nodavlat OTM hisoblanadi.

Qirg‘izistonda milliy reyting bo‘yicha quyidagi OTMlarda mamlakatning boshqa OTMlariga nisbatan ta’lim sifati yuqori tashkil etilgan:

— Qirg‘iziston milliy universiteti,

— O‘sh davlat universiteti,

— Qirg‘iziston davlat universiteti,

— Qirg‘iziston milliy agrar universiteti,

— Qirg‘iziston davlat texnika universiteti,

— Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi,

— Qirg‘iziston milliy konservatoriyasi,

— Qirg‘iziston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi,

— O‘sh texnologiya universiteti.

Bunday natijalarni mazkur OTMlarini tamomlab kelgan talabgorlar tomonidan hujjatlarini tan olish jarayonidagi ko‘rsatkichlardan ham ko‘rish mumkin.


Shuningdek, quyidagi davlat va nodavlat OTMlarining bitiruvchilari tomonidan hujjatlarini tan olish uchun topshirgan test natijalariga ko‘ra, ta’lim sifati yaxshi tashkil etilmaganligi kuzatilmoqda:

— Markaziy Osiyo xalqaro universiteti,

— Qirg‘iz-O‘zbek universiteti,

— Xalqaro tibbiyot oliy maktabi,

— Batken davlat universitetining Qizil-Qiya gumanitar-pedagogika universiteti,

— O‘sh gumanitar-pedagogika instituti,

— Jalolobod davlat universiteti,

— O‘sh davlat yuridik instituti,

— Mayluu-Suu iqtisodiyot va boshqaruv instituti.

‼️ Tahlillarga ko‘ra, bu kabi OTMlarning bitiruvchilari O‘zbekiston mehnat bozori talablariga javob berishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligi kuzatilmoqda.