DTM saytida hujjat topshirgan abituriyentlar soni haqida onlayn ma’lumot beruvchi bo‘lim ishga tushdi

DTM saytida abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlarning soni real vaqtda nechta bo‘lganligini kuzatish mumkin bo‘lgan maxsus sahifa ishga tushdi.


Ushbu tizim abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga bormasdan qaysi oliy ta’lim muassasasiga ta’lim muassasalariga topshirilayotgan arizalar sonini real kuzatib borish imkonini beradi. Tizim bilan DTMning qabul.dtm.uz sayti orqali muntazam tanishib borish mumkin.


Tizim orqali quyidagi ma`lumotlar bilan tanishish mumkin:


— birinchi yoʻnalish sifatida tanlaganlar soni;


-ikkinchi yoʻnalish sifatida tanlaganlar soni;


— uchinchi yoʻnalish sifatida tanlaganlar soni;


— birinchi sifatida tanlaganlar boʻyicha tanlov koʻrsatkichi.


Shuningdek, ushbu sahifada respublikadagi mavjud barcha OTMlarning yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari ham ko‘rsatilgan.


Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili hujjat topshirgan abituriyentlar soni jami 675 049 nafarni tashkil etgan. DTM bergan ma’lumotiga ko‘ra, 5-iyulga qadar 234 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan.