Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?

OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.


Bunda muddatlar quyidagicha:


25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;
75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;
100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

To‘lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o‘zi hal qiladi.


kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.


Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.


‼️ESLATMA: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar dastlab 50% to‘lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.


https://mandat.uz/post/kontraktni-4-qismga-bolib-tolash-imkoni-bormi