O’qishga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bilsa bo’ladimi?

❓O’qishga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bilsa bo’ladimi?


Xabaringiz bor, 2 kun avval barcha test sinovlari yakunlandi va barcha abituriyentlarning natijalari maʼlum bo‘ldi. Demak, endi https://mandat.uzbmb.uz saytidagi ro‘yxat boshqa o‘zgarmaydi.


☝️Qissadan hissa, hozir asosiy kvota bo‘yicha o‘qishga kirganlar ro‘yxatida turganlar, yakuniy natijalarni kutib o‘tirmasdan, talabalikni allaqachon nishonlayversa bo‘ladi. Chunki hozir abituriyentlar beshtagacha tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha barcha ro‘yxatda turishibdi, mandatda esa faqat 1 ta ro’yxatda qoladi va to’rttasidan o’chiriladi.


🔴Bu degani hozirgi ro‘yxatdan kimdir chiqib ketsa ketadiki, lekin boshqa yo‘nalishdan baland ball olgan begonalar ro‘yxatga kelib qo‘shilmaydi.

🔴Bundan tashqari harbiy tavsiyanoma olganlar, nogironligi borlar, tavsiyanomali xotin-qizlar, harbiylarning farzandlari va boshqa imtiyozga egalar ro’yxatdan chiqib ketadi.


✅Xullas, mandat chiqqanda hozirgi ro’yxatdagi o’rningizdan teparoqqa ko’tarilish ehtimolingiz juda yuqori, lekin pastga tushmasligingiz aniq.


🔵Shuningdek, hozir kontraktni (https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR)boshida turganlar byudjetga ko’tarilishi ham mumkin.

🔵Kira olmaganlar esa kontraktga ko’tarilishi mumkin, sabr qilib duoda bo’linglar.