Abituriyentlar uchun milliy sertifikat qanday qo‘llanadi?

❓ Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat qanday qo‘llanadi? Milliy sertifikat uchun qancha ball beriladi?


✅ Eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga milliy sertifikat taqdim etiladi. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fanidan quyidagicha ball beriladi:


🔹 60 foizdan 86 foizgacha — proporsional ball;


🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.


👨🏻‍💻 Bunda abituriyent sertifikatdan mutaxassislik fani uchun foydalanish yoki foydalanmaslikni o‘zi tanlaydi:


👉 foydalanaman deb tanlansa — abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etmaydi va unga tegishli (maksimal yoki proporsional) ball beriladi;



👉 sertifikatdan foydalanish rad etilsa — sertifikatdagi ball inobatga olinmaydi va abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etadi.


📌 Sertifikatdan foydalanishni tasdiqlash yoki rad etish faqatgina mutaxassislik fanlari uchun tegishli. Buni majburiy fanga hech qanday ta’siri yo‘q.


❇️ Abituriyentda majburiy fanlardan biri bo‘yicha sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikatdagi foizidan va undan foydalanishni tasdiqlagani yoki rad etganidan qat’iy nazar unga ushbu majburiy fandan maksimal ball beriladi.