Qabul2022: Harbiy OTMlarga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

📆 Joriy yilda ham oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.


🔰 Ularga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi.


✅ Bunda abituriyent hujjat topshirgan harbiy OTMdagi ta’lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lgan davlat OTMlari va ta’lim yo‘nalishlari dasturda avtomatik tarzda chiqariladi.


❕ Fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari esa chiqarilmaydi. Shu sababli ular my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularga barcha OTM va ta’lim yo‘nalishlari ko‘rinmaydi.