“Milliy blik” hukumatining ichki va tashqi siyosati.
Iqtisodiy inqiroz va uning oqibatlari.
Fashistlar isyoni va xalq frontining tuzilishi.
Fransiya jahon urushida g’olib chiqqan davlatlardan biri edi. Biroq bu g’oliblik Fransiya uchun juda katta yo’qotishlar evaziga qo’lga kiritildi. Chunonchi, urush tufayli 1,4 mln. nafar farnsiyalik halik bo’ldi. 3 mln. 250 ming gektar haydaladigan yer foydalanishga yaroqsiz bo’lib qoldi. 1920 – yilga kelganda Fransiyaning davlat qarzi 300 mlrd. frankka yetdi.
Ayni paytda urush Fransiyani G’arbiy Yevropaning birinchi davlatiga ham aylantirildi. Elzas va Lotaringiyaning qaytarilishi, Saar viloyati ustidan Fransiya nazoratining o’rnatilishi mamlakatning bundan keyingi taraqqiyotida juda katta ijobiy rol o’ynadi. Yangi iqtisodiy hududlar Fransiya metallurgiya sanoati qudratini 75 foizga oshirdi.
Temir rudasi qazib chiqarish bo’yicha Fransiya Yevropada birinchi o’ringa chiqdi. Qudratli banklar (“mirabo”, Rodshildar oilasi, aka – uka Lazarlar, Malle kabi) paydo bo’ldi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida “Reno”, “Sitroyen”, “Pejo”, “Simka” kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi.
Suriya va Livanda Fransiya nazorati o’rnatildi. (ular sobiq Turkiya imperiyasi mulklari edi). Shunindek, Fransiya Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalar – Togoning bir qismi va Kamerunga ega bo’ldi.
Fransiya hukmron doiralarining bosh maqsadi Fransiyani Yevropaning eng qudratli, Yevropa mamlakatlari orasida hal qiluvchi so’zni aytuvchi davlatga aylantirish edi.
1919 – yil noyabr oyida urushdan keyin biqinchi marta parlamentga saylov o’tkazildi. Saylovgacha o’ng partiyalar “Milliy blok” deb ataluvchi ittifoqqa birlashdi. Blokni o’ta o’ng partiyalar – “Milliy respublikachilik partiyasi”, “Respublikachi – demokratik partiya” – tuzgan edilar. Radikallar va Respublikachilar partiyalari ularga qo’shilgan.
“Milliy blok” hukumatini A. Milyeran (1859 – 1943) boshqardi. A. Milyeran hukumati, yirik kapital xohishi o’laroq, 8 soatlik ish vaqti joriy etish to’g’risidagi qonunni amalda joriy etishga to’sqinlik ham qildi. Soliqlar yukini kamaytirmadi. Ish haqi oshirilishi haqidagi talablarga qarshilik ko’rsatdi. Bunday siyosat mamlakatda kuchli ish tashlash harakati avj olishiga olib keldi. 1919 – yilda bu harakatlarda 1,2 mln. dan ortiq ishchi qatnashdi.
1920 – yilning dekabr oyida FSPda bo’linish yuz berdi. Bo’linib chiqqan qism yangi siyosiy partiya – Fransiya Kommunistik partiyasini (FKP) tuzdi.
“Milliy blok” tashqi siyosatda Fransiyaning yevropada yetakchi davlat bo’lib qolishi uchun qo’lidan kelgan barcha choralarni ko’rdi. Chunonchi, u Germaniyani mumkin qadar kuchsizlantirishga intildi. 1920 – 1921 – yillarda Fransiya ta`siri ostida Chexoslovakiya – germaniya – Yugoslaviya ittifoqi tuzildi. U tarixda “Kichik Antanta” nomi bilan ham ma`lum.
Xalqaro maydonda gegemonlikka da`vogar AQSH ham Fransiyaning yanada kuchayib ketishini hoxlamas edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya va AQSH Germaniya Fransiyaga to’lash lozim bo’lgan tovon miqdorini mumkin qadar kamaytirishga intilganlar. 1922 – yilda Rur viloyatidan Fransiyaga ko’mir yuborishni to’xtatdi.
Bu hodisa Fransiya metallurgiya sanoati rivojiga katta salbiy ta`sir ko’rsatdi. Buning oldini olish maqsadida “Milliy blok” hukumati (bu vaqtda uni ashaddiy militarist va shovinist R. Puankare boshqara edi) 1932 – yil yanvarda Rur viloyatiga qo’shin kiritdi va uni bosib oldi. Biroq Fransiya o’z maqsadiga erisha olmadi. Rur ko’mir konlari ishchilari (nemislar) Germaniya hukumatining chaqirig’I bilan ko’mir qazib chiqarish va uni vagonlarga ortishdan bosh tortdilar.
1924 – yilning may oyida parlamentga o’kazilgan saylovda g’alaba qozondilar hamda “So’l blok” hukumatini tuzdilar. Hukumatni Radikallar artiyasi rahbari E. Errio (1872 – 1957) boshqardi va Rur viloyatidan Fransiya qo’shinlarini olib chiqib ketdi. Oktabr oyiga kelib Sovet davlatini tan oldi va diplomatic munosabat o’rnatdi. Uy – joy muammosini hal etish maqsadida 300 mln. frank mablag’ ajratdi.
Fransiya 1925 – yilda Lokarno shartnomasini imzoladi. Bu shartnomaning imzolanishi aslida Farnsiyaning o’z ittifoqchilari bo’lgan Polsha va Chexoslavakiyaga nisbatan xiyonati edi. Chunki mazkur shartnomada bu ikki davlatning Germaniya bilan chegaralari buzilmasligiga xalqaro kafolat berish ko’zda tutilmagan edi.
Jahon iqtisodiy inqirozi Fransiyaga ham ta`sir ko’rsatmay qolmadi. 1930 – yilning oxirida Fransiya iqtisodiyotida inqiroz boshlandi va u uzoq – 1936 – yilgacha davom etdi.
Sanoatda ishsizlar soni 1,5 mln. kishini tashkil etdi. Ish soati 10 – 12 soat davom etadigan bo’lib qoldi. Ish haqi 40 foizgacha kamaytirildi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 40 foizgacha kamaydi. Oziq – ovqat mahsulotlari narxi ko’tarildi. Soliqlar miqdori oshirildi.
1932 – yilda parfyumeriya sanoati yirik magnati Koti “Fransuz hamkorligi” deb ataluvchi fashistlar partiyasini tuzdi. Shuningdek, mamlakatda “Jangovar xochlar” va boshqa qator fashistik tashkilotlar faoliyati yurita boshladi. Ularning maqsadi Fransiyada ham fashistik diktatura o’rnatish edi.
Fransiya fashistlari hokimiyatni egallashga ochiqdan – ochiq harakat qila boshladilar. Shu maqsadda ular 1934 – yil 6 – fevralda qurolli isyon uyushtirdilar.
Fashistlar isyoni Fransiya jamiyatining sog’lom kuchlarini qattiq qayg’uga soldi.
1935 – yil 14 – iyulda sotsialistlar, kommunistlar va radikallar partiyasi birgalikda katta namoyish o’tkazdilar. Shu tariqa Fransiyada “Xalq fronti” vujudga keldi. 1936 – yil aprel – may oylarida o’tkazilgan parlament saylovlarida xalq fronti g’alaba qozondi. U parlamentda umumiy o’rinning deyarli uchdan ikki qismini egalladi. Sotsialist Leon Blyum boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Bu hukmat ish haqini oshirish, 40 soatli ish haftasi, korxonalarda jamoa shartnomalari tuzish, kasaba uyushmalari huquqini himoya qilish, haq to’lanadigan ta`til berish kabi qator qarorlar qabul qildi.
Hukumat budjet tanqisligini bartaraf etolmaganligi ham munosabatlarni yanada sobutdi. Bularning bari 1938 – yil aprel oyida L. Blyum hukumatini iste`fo berishga majbur etdi. Radikallar partiyasi rahbari Ye. Dalad`e yangi hukumat tuzdi. Uning 30 – sentabrda Myunxen shartnomasini imzolashi Xalq frontida qattiq tanqidga sabab bo’ldi.
1939 – yil mart oyida Germaniyaning Chexoslavakiyani bosib olishiga hech qanday to’sqinlik qilmadi. Uning niyati Germaniya agressiyasi tig’ini Sharqqa – Rossiyaga burib yuborishi edi.
Fransiya birinchi jahon urushida g’olib bo’lsa-da, iqtisodiy taraqqiyoti tezlashmadi. Buyuk davlatlar ta`siridan chiqolamadi. Ikki yuzlamachi siyosat yuritdi. Fashizm qurboni bo’ldi.