Bugungi kunda jahon bozorida yuqori sifatli va zamonaviy dizaynga ega bo’lgan Ultra HD yoki UHD sifatida ham tanilgan 4K televizorlari hukmronlik qilmoqda. Albatta, barcha foydalanuvchilar a’lo dizaynga ega bo’lgan televizor orqali olamni kichik detallarigacha yuqori sifatda tomosha qilishni xohlaydilar.
Misol uchun, LG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 4K televizorlari yordamida olamni o’zingiz sevgan rangingizda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Kengaytirilgan rang jarayoni ranglar spektrini ko’paytirish uchun 10 bitli tizimdan foydalanadi va shu orqali 1 milliarddan ortiq ranglarni nozik farqlarda ekranga chiqaradi. Atirgulingiz rangi har doimgidan-da qizilroq, osmon yanada moviyroq va boshqa ko’ngilochar dasturlar yanada teranroq go’zallikda ko’rsatiladi.
