Telefon batareyasining shishgan holati — bu uning eskirishi tufayli batareyaning deformatsiyasi holatidir. Quvvat elementining yani batareyaning o’lchamlarini o’zgarishi mobil qurilmaning ichki qismidagi elektron jismlarga zarar etkishi katta ehtimoldir. Hattoki bu holat qurilma ekrani yoki qopqoqni siqib chiqarishi, ichki kontaktlarga ta’sir qilishi va ularni o’chirishi mumkin. Hulosaga ko’ra batareya shishigan holatdagi qurilmani davomiy ishlatishlik yaxshi emas.
Nega mening telefonimdagi batareya shishib ketadi?
Bu batareyaning ichki tuzilishida to’satdan, yoki asta-sekin muammolar kelib chiqishi bilan boshlanadi. Ba’zi bir vaqtlarda batareya ichki kimyoviy tarkibiy qismlarning o’zaro ta’sirida nosozlik yuzaga keladi, batareya ichki bosimi oshadi va nazoratsiz kimyoviy reaktsiya kelib chiqadi. Ushbu reaksiya yakuni batareya qizib yonib ketishi, aksariyat hollarda hattoki kichik portlash bilan tugallanishi mumkin. Quyida biz batareyada «shish» paydo bo’lishining asosiy 7 sababini ko’rsatdik.
1. Nuqsonli bo’lsa;
Agar qurilmani sotib olgandan keyin bir oy vaqt o’tmasidan turiboq qurilma batareyasi shisha boshlagan bo’lsa, unda siz ushbu qurilma ishlab chiqaruvchi zavoddan nuqsonli qurilmaga duch kelgansiz. Bunday hollarda kafolatli xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki sotuvchidan qurilmani almashtirib berishini so’rang.
2. Zarar yetishi;
Mexanik shikastlanish tufayli (yiqilib tushish, kuchli zarba va hokazo), Biror joydan tushirib yubordingiz yoki qurilmani kimgadur jahl qilib otdingiz, bunday holatlar batareyaning ichki tuzilmasini buzilishiga olib kelishi mumkin. Mana shu batareyaning shikastlanishidir, bu turdagi shikastlanish batareyaning ishshib ketishi va qizib uning yonib ketishigacha ham olib keladi.
3. Eskirishi, ishchi muddatining tugashi;
Odatda batareyani har ikki yoki uch yillik ishlatilishidan so’ng almashtirilishi talab qilinadi. Bu batareyaning yaxshi ishlashi uchun o’rtacha yaroqlik muddatidir. Bundan keyingi muddatlar uchun qurilmangiz batareyasini yangilashingizni maslahat beramiz.
4. Noto’g’ri zaryadlash;
Telefonni zaryadlash jarayonida qo’llanmadagi qoidalarga amal qilmaslik hollarda ham, batareykani siz o’ylagandek ishlash sifati va uzoq muddat ishlab berish hususiyatlarini, muddatidan ertaroq so’ndirishi mumkin. Mavzuning ushbu bo’limi haqida batafsil ma’lumotlarni keyinroq, «Batareykalarni qanday qilib to’g’ri zaryadlash kerak» nomi bilan maqolamizda tushuntiramiz.
5. Namlik va suv.
Qurilmani ishlatish davomida bahtsiz hodisa, yoki muayyan bir sabablarga ko’ra suvga tushib ketishi ko’pchilikka tanish holatga ham aylanib ulgurgan, aksariyat insonlar bunday holatlarda o’zlari tehnik fazifasini bajaradilar. Hech qanday qurilma ustasisiz o’z bilganicha qurilmani sochadilar va quritadilar. Ma’lum bir vaqt o’tgach uni qayta yig’ib, qurilmani yoqib ko’radilar. Bajargan amallarining to’g’riligini kishi qurilmaning muvaffaqiyatli yonishi his etadi va odatiy holatda ishlatishni davom etaveradi. Bu borada qarshiligimiz yo’q albatta. Lekin hech qanday tehnik uskunalarsiz va sohada hech bir bilim, ko’nikmalarsiz, inson o’z ongiga tayangan holda tabiiy yo’llar bilan qo’yilgan diagnostika, qurilmani to’liq ish faoliyatiga tayyorlashini taminlay olmasligi ehtimoli yuqoriroq bo’ladi. To’liq qurimagan qurilma yoki uning biror elementida qolgan namlik bu zararlidir. Namlikdan yetgan zarar siz kutgan muddatlarda emas, voqea sodir bo’lganidan bir yil o’tgach ham batareyaning ishlashida uzilishlarga olib keladi.
6. Yaxshi parvarish qilmaslik, e’tiborsizlik;
Qurilmada fon holatida yani ishlatilmay turgan holatida ham faol bo’luvchi ilovalar va boshqalarning ko’pligi ham batareykaning umrini qisqartiradi. Fon holatda ishlashi deb qurilma oynasidan yopilgan, yoki umuman ekran o’chik holatida ham ishlovchi ilovalarning ushbu faoliyatiga aytiladi. Bunday ilovalarga mp3 player ilovalari va boshqalarni misol qilishimiz mumkin. Fon holatidagi ilovalarning internet tarmog’iga ulanishi, lekin telefon oynasida ko’rinmasligi ham huddi fonda turganidek energiya sarf etadi. Lekin u fondagi holatga qo’shimcha energiya sarf etadi. Bu haqida o’ylangan bo’lsangiz siz haqsiz. Qurilmangizda internet tarmog’i doimiy yoqilgan holati ayni qo’shimcha kuch talab qiladi. Siz esa telefoningizga tegmaysiz, lekin uning quvvati o’zidan o’zi ketaveradi. Qurilma sozlamalari ichidan batareykaga oid sozlamani toping va unda ko’rsatilgan ilova va o’yinlarning fon holatidagi sozlamasini tekshiring. Kamroq ishlatiladigan ilovalar va o’yinlarning fon holatida ishlash tartibini o’chirib qo’ying, bu sizning foydangizga hal etiladi albatta.
7. Zaryadlovchi omillar.
Sifatsiz alternativ zaryadlovchi qurilmalar bilan zaryadlash (masalan, mashina, kompyuter) yoki to’g’ridan-to’g’ri avtomobil radiosiga ulab quvvatlash (USB orqali) — bularning barchasi ko’pincha batareyaning telefonda shishishiga olib keladi. Shuning uchun original bo’lgan zaryadlash qurilmasini sotib olishingizni maslahat beramiz. Hozirgi kundagi qurilmalarni zamonaviy qobilyatlariga ko’ra uni zaryadlash uskunalariga ulangan vaqtida, uning quvvati qancha vaqtda to’la holatga kelishi qurilma ekranida ko’rsatiladi. Shu usul zaryad qilish uskunasini sotib olishni ularni taqqoslashda sizga qo’l kelishi mumkin. Agar original zaryadlash qurilmasini sotib olishning iloji bo’lmasa (yoki u sizga qimmatlik qilsa), u holda uning xususiyatlariga ko’ra ishonchli ishlab chiqaruvchidan o’xshashini tanlang.
Agar telefonda batareya shishgan bo’lsa, u yonib ketishi yoki portlashi mumkinmi?
Ha, mumkin. Bu sizning sog’lig’ingiz va mulkingiz uchun haqiqiy xavf. Shishgan batareyali smartfon, planshet yoki boshqa biron bir qurilmadandan foydalanish haqiqatan ham portlashga va o’z-o’zidan yonib ketishiga olib kelishi mumkin.
Siz shuningdek «portlovchi» hodisani mexanik ta’sir bilan qo’zg’ashingiz ham mumkin (bu yuqorida aytilganidek tasodifiy tushib ketishi, sumkadagi narsalar ustiga majburan sig’dirish bilan bosim berilishidir). Nosoz batareyaga alohida e’tibor berishingiz va uni imkon qadar tezroq tamirlash yoki yangisiga almashtirishingiz sizni har qanday ko’ngilsizliklardan muhofaza etadi.
Telefonimdagi batareya shishib ketgan bo’lsa, nima qilishim kerak?
Bunday holatlarda siz telefondan foydalanishni to’xtatib, yangi batareyani o’zingiz yoki soha ustalari bilan birga o’rnatishingiz kerak . Batareyalarni yangisini sotib olishda ham originalini olishingizni maslahat beramiz. Bu borada Aliexpress tizimidagi bir nechta mahsulotlarni ko’rib, ularga berilgan baho va yozilgan sharxlarni kuzatib qaror qabul qilishni misol tariqasida ko’rsata olamiz.
Telefon batareyasi ishshimagan lekin avvalgidek muddatda ishlamasligi.
Bu batareya tizimidagi kichik nosozlikdir. Bu ko’p uchraydigan holat. Ushbu muammoni hal etishning samarali yo’llaridan birini sizga aytib o’tamiz.
Qurilmani zaryadini oxirigacha tugab o’chgunicha ishlating;
So’ng qurilmani orginal zaryadlash uskunasiga ulang;
Qurilma ekranida batareya quvvati 100% ko’rinib uni bildiruvchi maxsus kichik svetadiot yonmagunicha ekranini yoqmang va zaryadlash uskunasidan uzmang.
Zaryadni to’liq tugatib, telefoningiz o’chgunicha ishlatib, yuqorida aytilgandek to’la zaryadlab ishlatishni 4-5 marotaba takrorlang.
Shundan so’ng batareya timidagi muammolar o’z o’zidan tuzaladi va odatiy holatda ishlashda davom etadi.