eSIM-karta nima?
eSIM-karta nima?
Ushbu mavzuga to‘xtalishimizga sabab, yaqinda regulation.gov.uz portaliga joylashtirilgan «Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida (https://regulation.gov.uz/uz/document/18731)» hujjat loyihasi bo‘ldi. (qiziq, ushbu hujjatdan ko‘pchilikning xabari bormikan?)
Qisqasi, eSIM atamasining ushbu hujjatda qo‘llanilishi yaqin kelajakda mobil operatorlarimizda ham ushbu texnologiya tadbiq etilishiga umid beradi. Qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari mobil operatorlari eSIM texnologiyasidan foydalanishga o‘tib bo‘lishgan.
eSIM-karta nima?
eSIM odatiy SIM-kartaga raqamli alternativa bo‘lgan «abonentni identifikatsiya qilish modulini» anglatadi. Oddiy SIM-kartadan farqli ravishda, eSIM -karta smartfonga o‘rnatilgan bo‘ladi.
Siz smartfoningiz slotiga SIM-karta o‘rnatishingiz shart emas, maxsus QR-kodini (https://t.me/gsmgurus_FAQ/443) skanerlash orqali eSIM profilini o‘rnatsangiz bo‘ldi. eSIM profilida mobil tarmoqqa ulanish uchun barcha zarur ma’lumotlar mavjud.
eSIM (embedded SIM) bu:
• oddiy SIM-kartadan ko‘ra ko‘proq xotira;
• bitta qurilmadagi bir nechta raqamlar (hattoki har xil operatorlar);
• faqat bitta eSIM va nano-SIM ni faollashtirish imkoniyati;
• jismoniy SIM karta modulidan foydalanishning hojati yo‘q.
Texnologiyaning qulayligi operator ofisiga bormasdan ham eSIM aktivlashtirish mumkin. Ayniqsa, ma’lum muddatga xorij davlatlariga safar qilganingizda maxsus ilovalar (Airalo: eSIM Store (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.mobillium.airalo)) yordamida trafik ham xarid qilishingiz mumkin.