“Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ Markaziy klinik shifoxonasi

“Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ Markaziy klinik shifoxonasi

“Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ Markaziy klinik kasalxonasi haqli ravishda Oʼzbekistonning yetakchi koʼp tarmoqli davolash-profilaktika markazlaridan biri hisoblanadi. Bir asrdan oldinroq Toshkentda, temir yoʼl tibbiyot xizmati shakllana boshlagan mahal asos solingan mazkur shifoxona diagnostika (tashxislash), davolash va reabilitatsiya boʼyicha ulkan tajriba toʼpladi.



Markaziy klinik shifoxona temir yoʼl tibbiyoti anʼanalarini avaylab asragan holda diagnostika va davolashning barcha bosqichlarida koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini hamda bemorlar xavfsizligini tinimsiz oshirish orqali jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Eng yangi texnikalar bilan jihozlanganlik, shuningdek, kam invazivli va aʼzolarni asrovchi zamonaviy texnologiyalarni qoʼllash davr bilan hamnafas qadam tashlashga imkon bermoqda.


Bugungi kunda Markaziy klinik shifoxona – bu keng kompьyuterlashtirilganlik, yuqori texnologik jihozlar, bir va ikki kishilik qulay va xavfsiz lyuks palatalar, hisob-kitobdagi shaffoflik, diagnostika va davolashga yangi texnologiyalarni tatbiq etish hamda yuqori malakali, gʼamxoʼr va samimiy jamoa demakdir.


Bularning bari minglab bemorlarga oʼzlari va yaqinlarining salomatligini tiklashda bizga ishonishlariga imkon bermoqda.


Shifoxonaning diagnostika boʼlimlari

Funktsional diagnostika boʼlimi

Endoskopiya boʼlimi

Ulьtratovush diagnostikasi

Klinik-diagnostik laboratoriya

Rentgen tashxisi

Radioizotop diagnostika laboratoriyasi

Shifoxonaning davolash boʼlimlari

Gastroenterologiya boʼlimi

Ginekologiya boʼlimi

Kardiologiya boʼlimi

Nevrologiya boʼlimi

Terapiya boʼlimi

Otorinolaringologiya boʼlimi (LOR)

Oftalьmologiya boʼlimi (Koʼz kasalliklari boʼlimi)

Jarrohlik boʼlimi

Аmbulatoriya xizmatlari

Uyda yordam