YPX hodimi avtomashinani xoxlagan joyida to‘xtatishga haqli emas.

YPX hodimi avtomashinani xoxlagan joyida to‘xtatishga haqli emas.


SAVOL;

Men chekka bir qishloq joyda yashayman. O‘tgan kuni maxallamizni boshida GAI hodimlari meni to‘xtatib bayonnoma rasmiylashtirdi. Maxallamizga avvallari GAI xodimlari kelmasdi. Ular xoxlagan joyiga borib jarima yozaveradimi ?


JAVOB;

Yo‘q YPX hodimlari hohlagan joyida avtomashinani to‘xtatib jarima yozishga haqli emas. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, YPX xodimi transportni to‘xtatganida haydovchi YPX xodimi aynan to‘xtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotganligi haqida dislokatsiyaning ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishishi mumkinligi ko‘rsatilgan.


❗️YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida qoidabuzarliklar bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirish taqiqlanadi.


❗️ Dislokatsiyadan tashqarida tuzilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.


✏️ Yuqorida keltirilgan asosni sodda tilga tarjima qiladigan bo‘lsak — YPX xodimi ko‘ngli tusagan joyga borib, xoxlagan avtomashinani to‘xtatib jarima sololmaydi degani. O‘sha hodimni o‘zini xizmat ko‘rsatish doirasi bo‘lishi kerak degani. Unga xizmati davomida A nuqtadan B nuqtagacha bo‘lgan hudud biriktirib beriladi degani va xodim o‘sha nuqtalardan tashqari boshqa nuqtalarga tishi o‘tmaydi degani. Faqat siz undan o‘sha xujjatni talab qilishingiz kerak. Agar sizni to‘xtatgan joyda dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotgan bo‘lsa xo‘p-xo‘p. Agar o‘sha xujjati bo‘lmasa tuzgan bayonnomasiyu solgan jarimasi …..