Kredit olgan fuqarolarning chet elga chiqishida cheklov bormi?

Kredit olgan fuqarolarning chet elga chiqishida cheklov bormi?


Kredit olgan fuqarolar chet elga erkin chiqishlari mumkin, chunki kredit shartnomasida chiqish cheklovlari mavjud emas, deb javob (https://t.me/Tezkor_Xabarlar_Yangiliklar/25323) berdi Markaziy bank Jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori Akmal Nazarov.


Ushbu huquq O’zbekiston Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. Ammo, agar fuqaro hech qanday sababsiz kreditni to’lashni to’xtatsa, bank sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin va ijro byurosi sud qarori asosida chet elga chiqishni vaqtincha cheklashi mumkin.