AYOLLAR DAFTARIGA QANDAY TOIFADAGI AYOLLAR KIRITILADI ?

AYOLLAR DAFTARIGA QANDAY TOIFADAGI AYOLLAR KIRITILADI ?


📃 Hukumatning 31.03.2022 yil kungi 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:


🟢 Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;


🟢 Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;


🟢 Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;


🟢 Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;


🟢 Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;


🟢 Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.


✏️ Yuqoridagi toifalardan xech biriga to‘g‘ri kelmaydigan ayollar bu daftarga kiritilmaydi. Daftarga kiritilish uchun esa sanab o‘tilganlarning xammasiga emas, bittasiga to‘g‘ri kelishning o‘zi kifoya.


✏️ Aytaylik Sizni holatingiz ayollar daftariga kiritilish uchun to‘g‘ri keladi lekin, Sizni daftarga kiritishmayapti. Unda nima qilish kerak? Agar Sizda xam shunday muammo bo‘lsa, quyidagi savol yuborish botimizga yozib qoldiring!