PЕNSIYAOLDI YOSHI NIMA DЕGANI ?
⚡️SAVOL:
Meni ish o‘rnim qisqartirishga tushganligi sababli muddatdan oldin pensiyaga chiqish uchun murojaat qilgan edim muddatdan oldin pensiyaga chiqish uchun pensiyaoldi yoshida bo‘lishingiz kerak deyishdi. Nima degani shu pensiyaoldi yoshi ?
⚡️JAVOB;
O‘RQ-642-son «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi qonunga asosan, pensiyaoldi yoshi deganda — shaxsning davlat tomonidan belgilangan pensiyaga chiqish yoshidan ikki yil oldingi yoshga to‘lishi tushuniladi deb ko‘rsatilgan.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunda pensiya yoshi ayollar uchun 55 yoshni, erkaklar uchun esa 60 yoshni tashkil qilishi belgilangan. Pensiyaoldi yoshni aniqlash uchun esa manashu yoshdan 2 yilni ayirib tashlaysiz bo‘ldi. Shunda ayollarga 53, erkaklarga esa 58 yosh pensiyaoldi yoshi xisoblanadi.