MUDDATIDAN OLDIN PЕNSIYAGA CHIQISH.
⚡️SAVOL;
Men 53 yoshdaman. Pensiyaga chiqishimga ikki yil qolganda xozirgacha ishlab kelayotgan joyimdan meni shtatimga qisqartirish kelganligi sababli ishsiz qoldim. 23 yillik stajga egaman. Men shu holatda muddatdan oldin pensiyaga chiqishim mumkinmi ?
⚡️JAVOB;
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunning 14-moddasiga ko‘ra Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:
erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar deb belgilangan.
✅ Demak siz xozirda pensiyaga chiqishingiz uchun mehnat birjasiga murojaat qilasiz va u yerda ishsiz deb ro‘yxatga olinganingizdan keyin pensiya yoshiga yetmasdan xam pensiyaga chiqishingiz mumkin bo‘ladi. Agar mehnat birjasi sizga maqbul keladigan ish topib bersa yana ikki yil ishlab keyin chiqishingiz xam mumkin.