DЕKRЕTDAGI HODIMNI O‘RNIGA BOSHQASINI ISHGA OLISH MUMKINMI.

DЕKRЕTDAGI HODIMNI O‘RNIGA BOSHQASINI ISHGA OLISH MUMKINMI.

⚡️SAVOL:

Bola parvarishlash ta’tiliga chiqqan xodim o‘rniga boshqa shaxsni ishga olish qonuniymi ?

⚡️JAVOB:

Mehnat kodeksining 234-moddasiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi.

🟢 Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi.

🟢 Ushbu kodeksning 105-moddasida, ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo‘lgan xodimning ishda bo‘lmagan vaqtiga mo‘ljallab tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan e’tiboran bekor qilinishi belgilangan.

🟢 Yuqoridagi 105-moddaga ko‘ra, bola parvarishiga chiqqan xodim o‘rniga boshqa shaxsni ishga olish mumkin lekin, yangi xodimni ishga qabul qilish bo‘yicha buyruqda mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganligi ko‘rsatilishi kerak. Ya’ni, ta’tildagi hodimni o‘rniga ishga olingan hodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida va rahbarning ishga olish to‘g‘risidagi buyrug‘ida, o‘sha hodim ta’tildagi hodim ishga qaytishi bilan uni o‘rnini bo‘shatib berishi lozimligi ko‘rsatilishi kerak.

✏️ Amalda bunday muammo ko‘p uchraydi. Ayrim rahbarlar tolmovsirab dekretga ketgan hodimni o‘rniga boshqa hodimni muddatsiz shartnoma bilan ishga olib, ta’tildagi hodim qaytganidan keyin kim qolib kim ketishini o‘zlaring hal qilinglar deyishga o‘tadi. Agar Siz o‘sha vaziyatda shunaqekanda endi, bo‘lar ish bo‘ptida, o‘zimdanam xato o‘tibdi shekillida deb huquqingizni talab qilmasangiz ishingizdan quruq qolib ketaverasiz. Rahbaringiz esa tolmovsirashda davom etadi…