Sha’riy nikohda bo‘lgan ayol turmush o‘rtog‘idan uy-joy talab qilishi mumkinmi ?

Sha’riy nikohda bo‘lgan ayol turmush o‘rtog‘idan uy-joy talab qilishi mumkinmi ?


⚡️SAVOL;

Turmush o‘rtog‘im bilan sha’riy nikoh asosida 4 yil yashadim va ajralishdik. O‘rtada farzadlar mavjud emas. Nikoh guvoxnomasiz xam turmush o‘rtog‘imning mol-mulkiga davogarlik qilishim yoki o‘zim uchun alohida uy olib berishini talab qilishim mumkinmi ?


⚡️JAVOB;

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasida diniy rasm-rusmlar bilan tuzilgan nikox huquqiy xisoblanmasligi belgilangan bo‘lib, ushbu holatda qonuniy nikoh asosida oila qurmaganligingiz sababli Siz uning mol-mulkiga davogarlik qila olmaysiz. O‘z navbatida u xam sizdan moddiy manfaatdor bo‘lolmaydi.


✏️ Nafaqat sha’riy nikohda, qonuniy nikohda bo‘lsa xam qonuniy nikoh davomida er-xotin birgalikda mol-mulk sotib olmagan bo‘lsa ular bir biridan nimadir talab qilolmaydi. Talab qilishi xam mumkin lekin qonunan undirib ololmaydi.