❗️TURAR JOYGA NISBATAN EGALIK HUQUQINI OLISH
⚡️Savol;
Men yashab kelayotgan uy qishloqda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer maydoniga 1978 yilda qurilgan, lekin yer ajratish bo‘yicha hokim qarori va uyni kadastr xujjatlari yo‘q. O‘zim oilam bilan 35 yildan beri shu uyda yashab kelaman. Endilikda qanday qilib men shu uyga qonuniy tartibda egalik huquqini olib o‘zimni nomimga rasmiylashtirishim mumkin?
⚡️Javob;
Fuqarolik kodeksining 187-moddasida, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat nazarda tutilgan bo‘lib, bunda mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka 15 yil davomida yoki boshqa mol-mulkka 5 yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini olishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
✅ Demak siz 35 yildan beri o‘sha xonadonda yashab kelayotgan bo‘lsangiz, uyga nisbatan egalik huquqini olishga muammosiz haqqingiz bor.