Sovg‘a qilingan mol-mulk shaxsning xususiy mulki xisoblanadi!

Sovg‘a qilingan mol-mulk shaxsning xususiy mulki xisoblanadi!


⚡️Savol;

2015 yilda oila qurganman. 2020 yilda ajralishganmiz. Nikoh davomida olingan mol-mulk yuq. 2016 yilda otam menga hadya qilgan Kobalt rusumli avtomashina bor. Sobiq turmush o‘rtog‘im o‘sha avtomashinadan ulush talab kilyabdi. Uni shunga haqqi bormi?


⚡️Javob;

Oila Kodeksining 25-moddasiga asosan er va xotinning nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan xar birini o‘z shaxsiy mulki hisoblanadi. Shunga ko‘ra, turmush o‘rtog‘iningiz mashinadan ulush talab qila olmaydi. Agarda avtomashinani hadya emas shunchaki oldi-sotdi shartnomasi asosida olganingizda, unda ulush talab qilishi mumkin edi.