Ishsizlik nafaqasi kimlarga va qancha miqdorda to‘lanadi ?

❗️Ishsizlik nafaqasi kimlarga va qancha miqdorda to‘lanadi ?


🟢 Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran hisoblanadi va to‘lanadi.


🟢 Ishsizlik nafaqasi ishdan va ish haqidan so‘nggi o‘n ikki oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizi miqdorida, (agar siz ishlagan paytingizda 3 million oylik olgan bo‘lsangiz biryarim million ishsizlik nafaqasi olasiz) lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan (oyligingiz kam bo‘lgan bo‘lsa xam eng kamida 822 ming olasiz) va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda (10 million oylik olgan bo‘lsangiz xam o‘rtacha uch million ishsizlik nafaqa chiqadi) ;


🟢 Ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida yetmish besh foizi miqdorida (616 500 so‘m) to‘lanadi


🟢 Ishsizlik nafaqasi o‘n ikki oylik davr ichida ko‘pi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida to‘lanadi.