Kredit shartnomasi o‘zi nima. Olingan kredit o‘z vaqtida qaytarilmasa nizo qanday hal etiladi ?

Kredit shartnomasi o‘zi nima. Olingan kredit o‘z vaqtida qaytarilmasa nizo qanday hal etiladi ?


Savol; Men bankdan kredit olgan edim. Hozirda ishlamayotganligim sababli kredit qarzini to‘lashga qiynalyabman. Bank hodimlari esa uyimga kelib zeriktirdi. Ular xatto qarindosh urug‘larimgacha telefon qilib meni sharmanda qilmoqda. Bu holatda bank hodimlari qarzni undirish uchun uyga kelmasdan sudga murojaat qilishi kerak emasmi ?


Javob; Savolga javobni kredit shartnomasi tushunchasidan boshlasak. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga ko‘ra,

Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.


🟢 Kredit shartnomasida taraflar o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa nima bo‘lishi, qanday tartibda manfaatdor taraf o‘z huquqlarini amalga oishirishi va nizolar qanday usulda xal etilishi bo‘yicha qonun xujjatlariga asoslanib normalar kiritiladi .


🔴 Amaliyotda ko‘pchilik kredit olgan shaxslar va bank hodimlari aynan manashu kredit shartnomani tushunmasligi yoki bilmasligi natijasida ko‘plab muammolarga duch kelishadi. Masalan amaliyotda kreditdan qarzi bo‘lgan shaxsdan qarzni undirish uchun bank hodimlari kerak bo‘lsa o‘sha bankni boshlig‘i bilan birga qo‘shilib fuqaroni uyiga borib qarzni talab qilyabdi lekin, biror-bir kredit shartnomasida qarzni fuqaroni uyiga borib undirish kerak degan norma bo‘lmaydi va bo‘lishi xam mumkin emas. Shartnomaga asosan agar fuqaro qarzini to‘lamasa bank qarzni sud tartibida undirishi kerak uyga borib talab qilishi kerak emas.


❗️Janob ayrim bank hodimlari ! Kreditdan qarzi bor shaxsni ammasiga, tog‘asiga, holasiga, opoqisiga yoki boshqa qarindoshlariga qarzdor qarzini to‘lasin deb murojaat qilishga yoki uyiga borishga sizlarni haqqingiz yo‘q. Qarzdordan qarzni majburiy undirish uchun siz faqat sudga murojaat qilishingiz mumkin. Buni fahmlash uchun odamga geraklni kallasidek kalla kerak emas. Qo‘lingizda turgan shartnomani o‘qisangiz bo‘ldi.