Qarzni undirish uchun tilxat notariusda tasdiqlanishi shartmi?
✅ Fuqarolik kodeksining 108-moddasiga asosan notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari fuqarolar oʻrtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qatʼi nazar, boshqa bitimlar oddiy yozma shaklda tuzilishi kerak.
— Shuningdek, ushbu Kodeksning 103-moddasiga asosan “bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlar keltirib chiqaradi”.
— Tilxat ham ushbu qoidalarga asosan bir taraflama bitim hisoblanadi. Tilxat ham oddiy yozma bitimning bir koʻrinishi sifatida hisobga olinadi. Tilxatning asosiy mazmuni shundaki, u majburiyatlarni tartibga soladi.
📌 Demak, qarzni undirish uchun tilxat notariusda tasdiqlangan boʻlishi shart emas.
Fuqarolik kodeksi (https://lex.uz/docs/111189)
© Yuridik klinika