Qarz oluvchi qarzga berilgan pulni qaytarishdan bosh tortib, uni tan olmasa, qanday chora ko’rish mumkin?

Qarz oluvchi qarzga berilgan pulni qaytarishdan bosh tortib, uni tan olmasa, qanday chora ko’rish mumkin?


✅ Qonunchiligimizga ko’ra, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmaydigan qiymatdagi qarz shartnomalarini tuzganda, ularni yozma tartibda rasmiylashtirish talab etilmaydi. Shuning uchun, agar siz ham qarz shartnomasini og’izaki tarzda tuzgan bo’lsangiz u haqiqiy hisoblanadi.


📍Ammo qarz oluvchi qarz olganidan tonsa, guvohlar yoki dalillar yordamidagina qarz berganingizni isbotlab uni qaytarib olishingiz mumkin.