Shaxsiy yozishmalarni oshkor qilish mumkinmi?

Shaxsiy yozishmalarni oshkor qilish mumkinmi?


— Konstitutsiyamizning 27-moddasiga asosan hech kim birovning yozishmalari va telefondagi so’zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.


— “Aloqa to’g’risida”gi Qonunning 10-moddasida ham bu narsa mustahkamlangan bo’lib, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 13-moddasiga ko’ra jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi so’zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to’plashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo’l qo’yilmasligi belgilangan.


🔍 Demak, yuqoridagi normalardan ko’rinib turibdiki, yozishma (so’zlashuv)lar sirini oshkor qilish taqiqlangan.