Ijarada yashaydigan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi qoplab berilishi bo’yicha yangi ma’lumot

Ijarada yashaydigan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi qoplab berilishi bo’yicha yangi ma’lumot 🤩⚡️


Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 maydan yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.


Bunda:


— ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim;


— ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;


— OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.


Manba: @huquqiyaxborot