Adneksit kasalligi

Adneksit — bachadon o’simtalari ( bachadon nayi va tuxumdonlar ) yallig’lanishidir.


?️ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik


?️Sovuq qotish sovuq suvda cho’milish,


?️ Sovuq yer yoki toshda o’trish, toliqish kabilar kasallik rivojlanishiga imkon beradi.




Alomatlari:

✔ Qorining pastki qismlarida og’riq va kasalmandlik paydo bo’ladi.


✔ Tana xarorati 38 — 39 °C gacha ko’tariladi, qaltirash bo’lishi mumkin.


✔ Ko’ngil aynishi va qayt qilish mumkin.


✔ Peshob chiqarganda og’riqlar turishi.


✔ Qindan yoqimsiz xidli ajratmalar chiqishi.


ℹ Adneksitni vaqtida davolash kerak, chunki o’simtalar shamollashi pushtsizlikka, oy ko’rish muddatining buzulishiga, infeksiyaning boshqa a’zolarga tarqalishiga aylanib ketishi mumkin.


? Adneksitning eng xavfli asoratlari:

● Peritonit


● Kichik tos absessi


● Bitishmalar kasalligi


● Xomila bachadondan tashqarida vujudga kelishi


● Pushtsizlik


Shifokorga qachon murojaat qilish kerak ?

Kasallik alomatlari paydo bo’lishi bilanoq Ginekologga murojat qilish kerak.


Qorinda qattiq og’riq tursa, bemorning axvoli og’irlashsa, 《 Tez yordam 》chaqirish zarur.