Sog’lom sochlar o’stirish vositasi

Sog’lom sochlar o’stirish vositasi


Sochlari erta to’kila

boshlagan kishilar uni davolash chorasini izlay boshlaydilar. Ayrimlar kosmetik

muolajalar yoki soch ektirish yo’lini qidiradilar. Lekin bu usullar juda qimmat

turishi bilan birgalikda xamma vaqt xam kutilgan natijani beravermaydi.


Sizga sochlaringiz o’sishini

quvvatlovchi va ularning sog’lomligini ta’minlovchi tabiiy usulni tavsiya

qilsam-chi?


Odatda, xar kuni 50-100

tagacha soch tolalari to’kilishi sezilmay yuz beradi, lekin boshda sochsiz orolchalarni

“kashf” qilganingizda xaqiqiy tashvish boshlanadi. Endi tashvishlanmasangiz xam

bo’ladi, chunki uyda tayyorlanadigan, qo’lbola tabiiy vositadan foydalanib muammoni

bartaraf qilishingiz mumkin.


Buning uchun kerak bo’ladi:


Yarim stakan pivo;


Yarimta banan;


Bir osh qoshiqda asal;


Bitta tuhum sarig’i.


Tayyorlash:


Tuhum sarig’ini yahshilab

ko’pirtirasiz;


Yarimta bananni mayda bo’lakchalarga

qirqasiz;


Tuhum va bananni blenderda

aralashtirasiz;


So’ng yarim stakan pivo va

bir osh qoshiq asalni qo’shasiz;


Bir jinsli pasta xosil

bo’lguncha yahshilab aralashtirasiz.


Bu vositadan foydalanish:


Pasta tayyor bo’lgandan so’ng

uni barmoqlarga olib boshdagi sochlar tark etgan orolchalarga va soch

quvvatsizlanib ingichka bulib qolgan soxalarga surtasiz va ta’sir qilishi uchun

2-3 soatga qoldirasiz. So’ng sochlarni iliq suv va shampun bilan yuvasiz. Yo’g’on va

sog’lom sochlar chiqishi uchun bu vositani 7 kun davomida uzluksiz qo’llaysiz. Soch

to’kilishi kamayib, vaqt o’tishi bilan orolchalar xam yo’qolib boradi.