Homilador ayollar uchun byustgalter

Homiladorlikning dastlabki muddatlaridayoq ayol kishi ko‘kragi kattalashgani va sezuvchan bo‘lib qolganligiga e’tibor beradi. Bu holatda og‘riq va noqulayliklarni his qilish mumkin. Shuning uchun maxsus byustgalterni tanlaydigan payt ham keldi.

Ko‘pgina ayollar homiladorlikning aynan sakkizinchi-to‘qqizinchi haftalarida maxsus byustgalterlarni taqishga o‘tadilar. Oldingi modellari kichkina kelib, noqulay bo‘lib qoladi. Avvalo o‘z ichki sezgilaringizga quloq osing: agar odatdagisi noqulayliklarni yuzaga keltirsa, demak yangisini olishingiz kerak.


Homiladorlar uchun byustgalter qanday bo‘lishi kerak?


Homilali ayolning nazokatli tana qismi bog‘ichi mana qanday bo‘lishi kerak:


Tarkibi – faqat tabiiy matodan (paxta, zig‘irpoya tolasi). Sintetik matodan tayyorlangan byustgalterlar ko‘krak terisida achishishlarni qo‘zg‘atishi va hatto emchakda yoriqlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Keng bog‘ichli – bu homilador uchun majburiy element hisoblanadi. Bunday byustgalter kattalashayotgan sut bezlariga to‘liq qulaylik yaratib beradi.
Ashyoning ko‘p funksional bo‘lgani afzal. Agar siz taqmasi oldida bo‘lgan modelni tanlasangiz, keyinchalik, hali bolani emizayotganingizda o‘zingizga “rahmat” deysiz.
Aynan hajmga mos bo‘lishi. Byustgalterni ko‘krakning keyinchalik kattalashishini hisobga olib to‘kisroq qilib olmaslik kerak. Bu holda, u ko‘krakni yetarlicha yaxshi tutib turolmaydi.
Burma hoshiyali va aylanmali bo‘lmasin. Aslida bunday modellar mos keladi-yu, lekin ularni ko‘paytirib qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday byustgalterni tez-tez yuvishga majbur bo‘lasiz, hadeb yuvilavergan ashyo esa titilib ketadi.

Homiladorlar uchun byustgalterlarning turlari


Ha, byustgalterlar turlicha bo‘lishi mumkin. Umuman olganda ularni tanlash homiladorlik muddatiga bog‘liq emas, asosiy oriyentir – ayolning o‘zini unda qanday sezishi. Qaysi birida sizga qulayroq bo‘lsa, shunisini tanlang.



Uxlash vaqti uchun byustgalter
Ba’zilar shunchaki tungi ko‘ylakda uxlay olmaydi, sababi tanasining har qanday harakatida noqulaylik va hatto ko‘krakda og‘riq sezishdan xoli bo‘lmasligi mumkin. Aynan tungi byustgalterlar sizga qo‘l kelishi mumkin, ularda tug‘ruqdan keyin ham joningizga oro kiradi, zero, ko‘pchilik ayollarni mazkur muddatda ham sut bezlarining yuqori sezuvchanligi bezovta qilishi mumkin.
Qo‘llab turuvchi byustgalter
Kosachasining chuqurligi hamda keng tutib turuvchi bog‘ichlari bilan ajralib turadi. Ular ko‘krakni siqmaydi, ezmaydi ham, ayni vaqtda yaxshilab ushlab turadi. Sut bezlari hajmdor bo‘lgan ayollar uchun u ayni muddaodir.
Homiladorlar uchun topiklar
Ularni kechasi-yu kunduzi taqib yursa bo‘ladi. Ular ko‘krakni tutib turadi, taqishda qulay va ko‘rinishda ham chiroylidir. Ular an’anaviy modellarning o‘rnini bemalol bosa oladi.

Nima uchun maxsus byustgalterlarni taqish kerak?


Birinchidan, bunday chora ko‘krak kattalashib terisi cho‘zilganida unda tilim-tilim chandiqlar paydo bo‘lishidan saqlaydi. Ikkinchidan, bunday byustgalterlarda o‘zingizni qulay his etasiz, barcha noqulaylik va og‘riqlar homilador bo‘lgunga qadar tutilgan modellar bilan ortda qoladi. Uchinchidan, tabiiy matolardan tayyorlangan yaxshi bichimdagi byustgalterlarning afzalligini bilgach, siz qo‘l uchida andazalangan arzon-garov sintetik modellardan voz kechasiz.


Demak, homilador ayol uchun byustgalterni taqish nafaqat mumkin, balki shart hamdir. Ko‘krak qichishmaydi, teridagi qichima ham ketadi, pirovardida homiladorlikning mayda yoqimsiz belgisi bo‘lmish ko‘krakning ta‘sirchanligi sizni ortiqcha bezovta qilmaydi.