Hayz sikli ikki bosqichga (fazaga) bo‘linadi – ovulyatsiyagacha va undan keyin. Har bir bosqich muayyan kun davom etadi. Ularning davomiyligiga gormonal muvozanat ta’sir ko‘rsatadi. Organizmda bu davrda bo‘yida bo‘lishga ijobiy ta’sir etadigan ba’zi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, biroq urug‘lanish faqat siklning o‘rtasida, ya’ni ovulyatsiya vaqtida sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, sikl = 28 kun, urug‘lanish imkoniyati tahminan uning 12–14 kuni mavjud bo‘ladi:
Hayz siklining birinchi yarmi shunisi bilan tavsiflanadiki, aynan shu payt bitta va bir nechta follikulalar yetila boshlaydi. Mazkur jarayonni gipofiz ishlab chiqaruvchi tegishli FSG gormoni va estrogen nazorat qiladi.
So‘ngra bevosita tuxumhujayraning chiqishi – ovulyatsiya boshlanadi. Bu vaqtda gormonal fon sezilarli o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Progesteron va lyuteinlovchi gormon ustunlik qiladi.
Siklning me’yorda o‘tishi faqat gormonlarning yetarli miqdorda bo‘lishiga bog‘liq.
Tibbiyotda ovulyatsiya tushunchasi yetilgan tuxumhujayraning tuxumdondan bachadon nayiga chiqishi sifatida belgilanadi.
Ovulyatsiya va bo‘yida bo‘lish
Sikl o‘rtasidagi aynan o‘sha bir necha kun xavfli yoki aksincha ijobiy hisoblanadi. Biroq jinsiy aloqa ovulyatsiyaga qadar bir necha kun avval bo‘lishi mumkin. Fertil kunlarni aniqlash ancha murakkab, chunki ular ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi:
Hisoblash mushkul, chunki ovulyatsiya kunlari gormonal fon va ayolning ahvoliga bog‘liq.
Jinsiy yo‘llarda spermatozoidlarning mavjud bo‘lish vaqti bir xil emas va uni faqat spermogramma o‘tkazgandan keyin aniqlash mumkin.
Ovulyatsiyagacha bir necha kun oldin ham homilador bo‘lish mumkin, ammo agar spermatozoidlar kam harakatli va miqdori kam bo‘lsa, bu undan bir kun oldin ham murakkab bo‘ladi.
Ovulyatsiya alomatlari
Ayol homiladorlikni rejalashtirganda yoki aksincha bo‘lganda ovulyatsiyani taqvim usulida aniqlash zarur bo‘ladi. Ko‘pchilikda bu davrning yaqinlashishi yetarlicha yorqin ifodalanadi, gormonal fon shunday o‘zgaradi. Masalan, alomatlari:
Qorinning pastidagi og‘riq. Tuxumdon kapsulasining cho‘zilishi va uning yorilishi tufayli vujudga keladi. Intensiv bo‘lishi mumkin, biroq ko‘proq belga beruvchi tortuvchi og‘riq bo‘ladi. Ovulyatsiya tugashi bilan butunlay yo‘qoladi. Agar og‘riq juda yorqin namoyon bo‘lib, tananing boshqa qismlariga, ayniqsa to‘g‘ri ichakka bersa, tekshiruv o‘tkazish zarur – tuxumdonning apopleksiyatsi ehtimoli bor.
Ajratmalarning o‘zgarishi. Siklning boshida ular deyarli mavjud bo‘lmaydi, biroq o‘rtasiga yaqin ancha sezilarli, juda ko‘p va yopishqoq bo‘ladi. Butunlay sog‘lom ayolda ular rangsiz bo‘ladi. Ginekolog shifokor yaqqol alomat – servikal kanalda shilimshiqning to‘planishiga qarab ovulyatsiya kunini taxmin qilishi mumkin.
Yuqori jinsiy mayllik – organizmning bu davrdagi tabiiy reaksiyatsi.
Yuqorida ko‘rsatilgan alomatlar siklning o‘rtasida paydo bo‘ladi, biroq bo‘lib o‘tgan ovulyatsiyaning bilvosita belgilarini ham inobatga olish lozim. Misol uchun, hayz oldi sindromi (HOS) faqat ovulyatsiya bo‘lgan sikllarda paydo bo‘ladi. Yoki, olaylik, ayolda muntazam hayz sikli bo‘ladi, demak kelajakda ovulyatsiyaning bo‘lmasligi ehtimoldan uzoq.
Ovulyatsiya qanday hisoblanadi, ovulyatsiya taqvimi
Bir nechta hisoblash usullari mavjud. Muntazam hayzlarda uni hisoblash osonroq. Ikkala faza davomiyligini aniqlashga yordam beradigan bitta xususiyat bor:
Birinchi fazaning davomiyligi turlicha bo‘lishi mumkin, chunki tuxumhujayra istalgan vaqtda yetilishi mumkin.
Ikkinchi fazaning davomiyligi esa 12–16 kunni tashkil qiladi. Organizm homiladorlik mavjud emasligini tushunishi uchun shuncha vaqt zarur bo‘ladi.
Ya’ni sikl davomiyligidan 16 ni ayirib, shu kundan ovulyatsiyani kutish mumkin. Misol: sikl 30 kun, 16 ni ayiramiz, 14-kunni olamiz.
Biroq, agar u nomuntazam bo‘lsa, to‘g‘ri hisob-kitobni olish ancha murakkab bo‘ladi. Buning uchun oxirgi 6 ta siklning davomiyligi olinadi. Ularning eng qisqasidan 18 ayriladi, eng davomiyligidan esa 11 ayriladi. Birinchi son – birinchi fertil kun, ikkinchisi – oxirgi fertil kun.
Bazal harorat
Uning ko‘rsatkichlari ovulyatsiya kunlarini hisoblab chiqarishga yordam beradi. U har kuni ertalab termometrni to‘g‘ri ichakka 5 daqiqaga kiritish yordamida o‘lchanadi. Natijalar aniq bo‘lishi uchun bazal haroratni to‘g‘ri o‘lchashga doir bir necha qoida mavjud.
Bu holda o‘lchash butun sikl davomida o‘tkaziladi. Me’yorda ko‘rsatkichlar 37 belgisidan yuqori ko‘tarilmaydi. Ovulyatsiyagacha bir necha kun oldin u biroz tushadi, aynan ovulyatsiya kuni esa bazal harorat keskin ko‘tariladi. Agarda bunday keskin o‘zgarishlar kuzatilmasa, demakki, bu siklda ovulyatsiya bo‘lmagan.
Ovulyatsiyaga test
Homilador bo‘lishni istaganlar uchun ovulyatsiyaning aniq kunini aniqlash muhimdir. Odatda tuxumhujayraning chiqishi ham, bo‘yida bo‘lish ham aynan bir kunda sodir bo‘ladi, chunki tuxumhujayra tuxumdondan chiqqandan keyin atigi bir sutka mavjud bo‘ladi.
Siydikda lyuteinlovchi gormon darajasini aniqlaydigan maxsus test aniqlash usullaridan biri hisoblanadi. Ovulyatsiyagacha 2 sutka oldin uning darajasi sezilarli ravishda ko‘payadi. Biroq bu yerda ham o‘zining kamchiliklari bor, masalan:
Gormon miqdori juda oz bo‘lishi mumkin va shu sababli test ham natijani ko‘rsatmaydi, ammo baribir ovulyatsiya sodir bo‘ladi.
Reaktivning muddati o‘tgan va yaroqsiz holga kelgan.
Nomuntazam siklda to‘g‘ri kelmaydi.