Rano Madrahimova 1936 yilning fevral oyida Andijonda tug’ilgan.
U maktabda o’qib yurgan vaqtlarda turli hildagi havaskorlik to’garaklarida qatnashib yurgan.Maktabni tugatgach esa. Markaziy Osiyo davlat oliygohining tarix fakultetida tahsil olgan.
Rano Madrahimova talabalik paytida «Qutlug’ qon» nomli filmda o’zining aktrisa sifatidagi ilk rolini o’ynagan.
O’qishni tugatgach esa u televideniyada diktorlik uchun o’tkazilgan tanlovda ishtirok etgan va bu tanlovdan muvaffaqiyatli o’tib O’zbekiston telekanalida boshlovchi sifatida ish boshlgan.U suhandonlik sohasida ishlab yurgan vaqtda rejissiyor Shuhrat Abbosovdan Mahallada duv duv gap filmda suratga tushish uchun taklif oladi.
Rano Madrahimova ayni shu Mahalllada duv duv gap filmidagi Arxitektor Aziza roli orqali xalqqa tanilgan.Shu filmdan keyin u boshqa kinoda ishtirok etmagan.
Uning shaxsiy hayoti haqida:Rano Madrahimovani turmush o’rtog’i akdemik Telmon Rajabov bo’lib u Toshkent Axborot texnalogiyalari oliygohida o’qituvchi sifatida ishlaydi.Hozirda ularning bir qiz,bir o’g’il farzandlari va to’rt nafar nabiralari bor.Uning farzand yoki nabiralarining birontasi ham sa’natkor bo’lmagan.
Rano Madrahimova