Baro’ ibn Ozib

BARO’ ibn OZIB, to‘liq ismi Abu Amr al-Baro’ ibn Ozib ibn al-Xoris al-Ansoriy al-Avsiy (7-a.) — sahoba. Badr jangiga. bormoqchi bo‘lganida Rasululloh (sav) uni yoshligi tufayli jangdan qaytarganlar.


Muhammad (sav) bilan birga 14 ta g‘azotda, u zot vafotlaridan so‘ng Ray shahrini fath etishda (644) qatnashgan. Keyinchalik Ali bilan birga Jamol, Siffin va Nahravon janglarida jasorat ko‘rsatgan, ko‘p hadislar rivoyat qilgan. Mus’ab ibn az-Zubayr zamonida (689-691) vafot etgan.


Islom ensiklopediyasidan