Abu al-Os ibn Robi’

Abu al Os men bilan gapirishgada to‘g‘ri so‘zladi va va’da berganida menga va’dasini ustida turdi. (Muhammad sallallohu alayhi va sallamdan)
Abu al Os ibn Robi al -Abshani quraysh ahlidan edi, novqiron yosh, unga qaragan odamni ko‘ziga tashlanadigan, tashqi ko‘rinishi tiniq edi. O’zlariga to‘q taniqli oyladan, arablarning namunali qahramonlardan bo‘lib, shijoatlik qo‘rqmas, o‘ziga ishonadigan xislatlar jamlangan kishi edilar.

* * *
Abu al Os arablarni tijorat merosiga muhabbat qo‘ydi. U kishi ham «Yamanga» qishda yozda esa «Shomga» tijorat qilgani borar edi. U kishining karvonlari yuzta tuya va ikki yuzta kishilardan iborat bo‘lib Makkadan Shomga qarab qatnar edi. Ishonchli va rosgo‘y, oliy janob bo‘lganligidan odamlar o‘zlarini savdo — sotiq mollarini unga ishonar edilar.

* * *
Xolalari Xadicha bintu Xuvaylid Abdulloh o‘g‘li Muhammadni xotini edi. Abu al Os ularga o‘z onalari kabi murojat qilardilar, ularni ham qalblarida va uylarida yaxshi o‘rinda turar edilar. Abdullohni o‘g‘li Muhammadning Abu al Osga bo‘lgan muhabbatlari Xadichanikidan oz emas edi.

* * *
Abdulloh o‘g‘li Muhammadni uyida yilar ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketdi.Uning katta qizi Zaynab misoli chiroyli gul kabi o‘sib ulg‘aydi, shunchalar yoqimtoy ediki uni qo‘lini so‘rab Makkani hurmatli kishilari o‘z o‘g‘illariga so‘rab kelishdilar.. ..

Nima uchun so‘rashmasinki axir ular qurayshni eng qadimgi va oliy nasabdan bo‘lganligi uchun, qurashliklar ota onalariga u malum ediki tarbiyasi va yoqimtoyligi bilan. Ularga qanday yo‘l bo‘lsin uni kelin qilishlik, oralarida Makkani yosh igiti Abu al Os turganida.

Bir necha yildan so‘ng Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ning qizlari Zaynab bilan Abu al Osni to‘ylari bo‘lib o‘tdi. Makkaga ilohiy nur keldi, Alloh o‘zining rasuli Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ga haq dinni tushrdi va hamma yoqqa yetgazishlikka buyurdi. Birinchilardan bo‘lib xotinlari Xadicha bint Xuvaylid qabul qildilar keyin qizlari Zaynab, Ruqiya,Ummu Gulsum va yoshi kichik bo‘lishiga qaramasdan Fotima qizlari ham qabul qildi. Lekin kuyovlari Abu al Os qabul qilishlikdan bosh tordi, ota bobolari dinida qolishlikni istadi. Xotinlari Zaynabga hurmatlari va muhabbatlari esa o‘zgarmadi.

* * *
 Makkada Allohning rasuli va mushriklar orasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lganida, bazi bir mushriklar o‘zaro dedilar.. .. — Sho‘ringiz qursin ..sizlar Muhammadning ishini o‘z bo‘ynilaringizga olib o‘z o‘g‘illaringizni uning qizlariga uylantirib qo‘ydingizlar. Agar sizlar qizlarini qo‘ydirib yuborsangiz unda u o‘z qizlari bilan ovora bo‘lib, sizlarini tinch qo‘yadi.. .. Ular dedilar: «Bu juda zo‘r fikr bo‘ldi»

Keyin ular Abu al Osni oldiga borib deyishdi: «O‘z xotiningni qo‘yib yuborgin otasini uyga olib borib qo‘y ey Abu al Os! Agar shu ishni qilsang biz senga qurayshni xoxlagan qizini olib beramiz va xoxlagan hurmatli kishiga kiyov bo‘lasan.»

— Yo‘q — qasam Allohga!-dedi. Men xech qachon o‘z xotinimnidan ajralmayman, sizlarni barcha ayollaringiz uni o‘rnini bosa olmaydi..

Ammo Ruqiya va Ummu Gulsumlarni ajratishib o‘z otalari uyiga qaytarishdi. Bundan rasululloh juda xursand bo‘ldilar, lekin Abu al Os unday qilmadi, uni ham shunday qilishini xoxlagan edilar .bu vaqt xali mushriklar bilan nikoh xarom qilinmagan edi.

* * *
Payg‘anbar (sallallohu alayhi va sallam) Madiniga hijrat qilib ko‘chib kelganlaridan so‘ng u kishini qo‘l ostilarida qurayshliklar to‘planib u yerda quvvat yig‘ib mushriklarga qarshi «Badrga» chiqishdi. Abu al Os ham mushriklar tarafida taqdir taqazosi bilan shu jangda qatnashdi.. ..

Musulmonlar bilan jang qilish u kishiga yoqmasada ularga biron bir yomonlikni xoxlamasalar ham quvat uchun mushriklar uni olib chiqishdi, qavmi uni majburan jang qilishga targ‘ib qildi.. ..

Badir janggi mushriklar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan musulmonlarni qo‘li baland keldi. Dushmandni yarmini qirib tashlandi va bir qismi asir olindi va boshqalari yashirincha qochib qolishdi. Bu asir tushganlar orasida qurashlik Zaynab bint Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ning eri Abu al Os ham bor edi.

Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) asirlar ozod qilib olish uchun bir mingdan to to‘rt ming dinorgacha narx chiqarib berdilar. Bazi bir qurayshning hurmatli kishilarini bu narxlar qiziqtib o‘zlarini qavmdoshlarini ozod qilishlikka kirishdilar. Madina va Makka oralig‘ida yugirib qolishdi.Zaynab ham o‘zlarini erlari Abu al Osni ozod qilish uchun odam yubordilar, taqinchoqlarini hammasini berib, taqinchoqlari orasida bir vaqtlar Xadicha bitu Xuvaylid xadya qilgan taqinchorq ham bor edi. Payg‘anbarimiz (sallallohu alayhi va sallam)ning oldilariga olib kelishganida bu taqinchoqni qo‘rib ularni yuzlarida g‘am ko‘rindi, qattiq qizlarini yaxshi ko‘rganlaridan.. ..

Saxobalarga dedilar:

— Zaynab menga bu taqinchoqni eri Abu al Os ozod qilish uchun yuboribdi, agar xoxlasangiz uni erini ozod qilibilanarsalarini qaytarib bersak.. ..

«Biz rozimiz siz nimani xoxlasangiz va xursand bo‘lsangiz bas ey Rasululloh!» — deyishdi saxobalar.

* * *
Abu al Osni qo‘yvora turib Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) unga bir shart qo‘ydilar u ham bo‘lsa qizlari Zaynabni u kishiga qaytarib berishligi.. .. Makkaga qaytgandan so‘ng Abu al Os tezda Payg‘anbarga bergan vadasini bajarishlikka kirishdi.. ..xotinlariga yo‘lga otlanishni tayinlab, makka tashqarisida otalarining elchisi olib ketish uchun kutib turganini bildirdilar. Abu al Os yo‘lga oziq ovqat tayorla berib o‘zlarini akalari Amr ibn Robiyaga tuyalarini berib xotinlarini kuzatib Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning odamlariga topshirishni buyurdilar.

* * *
Bo‘yinlariga kamoni osib va o‘qdonlarini olib Amr ibn Robiyya kelini Zaynab bilan kupa kundizi tuyaga mingdirib qurashliklar ko‘zni oldidan Makka tashqarisiga qarab yo‘l oldi. Ular buni ko‘rib orqasidan borib unga tashlandilar, Zaynab ulardan qo‘rqib ketdi.. .. Amr o‘z o‘qdonidan o‘q olib kamonga qo‘yib ularga qarab o‘qtalib dedi: «Allohga qasam! Kim unga yaqinlashsa men uni bo‘yniga shu o‘qni sanchib qo‘yaman»

Ularni hammasi yaxshi bilishar edi Amr kamondan bexato otar, xar bir otilgan o‘q o‘z joyiga borarishligini.. ..

Amr odamlar orasida turganida Abu Sufyon ibn Xarb dedi:

— Ey amakimni o‘g‘li! Bizga xarxasha qilma, sen bilan kelishib olaylik. Amr kamonini yerga qaratgandan so‘ng Abu Sufyon dedi yana:

— sen o‘z xarakating bilan noto‘g‘ri ish tutding.. .. Sen hammamizni ko‘z oldimizda Zaynabni olib ketmoqchisan. Badirda talofat ko‘rganimizni bilasan uni otasi Muhammad bizni boshimizga ko‘rgiliklarni soldi agar sen uni qizini ochiq olib ketmoqchi bo‘lsang..- qanday olib chiqa olasan? Kavm unda qo‘rqoq nomini oladi arablar orasida, sen bizni sharmanda qilmoq chimisan. Shuning uchun uni qizini uyiga qaytarib olib borib qo‘yil Eri bilan bir necha kun turganidan so‘ng odamlar Zaynabni otasiga qaytarib berib yubordik deb aytmasliklari uchun. Keyin Zaynabni bizdan yashirib olib ketaver, uni ushlab turishlikka biron bir boxona qolmaydi shunday qilsang.. ..

bu gaplarga Amr rozi bo‘ldi Zaynabni Makkaga qaytarib olib bordi. Bir necha kundan so‘ng kechasi Amr Makkadan Zaynabni olib chiqib kutib turgan otasini ishonchli elchilari qo‘liga topshirdi va ukasini buyrug‘ini bajardi.

* * *
Xotini bilan ajrashgandan so‘ng Abu al Os bir necha vaqt Makkada yashadi keyn shomga sovdo sotiq uchun jo‘nadi. Shomdan Makkaga qaytayotganida Abu al Osni karvonida 170 odam va 100 yaqin tuyalar bor edi. Madinaning yonidan o‘tib ketayotganlarida Rasulullohning saxobalari ularni qo‘lga oldilar. Abu al Os esa yashirinib qochib qoldi, uni qo‘lga ololmadilar. Kechasi tushgandan so‘ng Abu al Os yashirincha Madinaga kirib qorong‘u kechada Zaynabni qidirib topib keldi va undan yordam so‘radi. Zaynab unga yordam berishlikka rozi bo‘ldilar.

* * *
Bomdod namoziga chiqib Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) masjid mehrobda Allohni ulug‘lab turganlarida orqalaridan saxobalar ergashib turishganida Zaynab shu vaqt ayollar tarafidan dedi:

— Ey insonlar! Men Muhammmad (sallallohu alayhi va sallam)ning qizi Zaynabdurman, sizlardan erim Abu al Osga yordam so‘ramoqchiman unga yordam bersangizlar.

Nomozni tugatib salom berganlaridan so‘ng Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) odamlarga qarab o‘girildilar va ulardan so‘radilar:

— Sizlar ham men eshitganimni eshitingizmi?

— Xa -deb javob berishdi.

Payg‘anbarimiz (sallallohu alayhi va sallam) dedilar.

«Jonim qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki! Men bu voqiyadan xabarim yo‘q edi xozirgina sizlar bilan eshitgunimcha, bir musulmon ayol yordam so‘raganini»

Uyga qaytganlaridan so‘ng Rasululloh qizlariga dedilar:

— Abu al Osni hurmat qilib kutib ol lekin bilib qo‘y sen unga xalol emassan.

Keyin Abu Osning karvoning qo‘lga olgan jamoatni chaqirib ularga dedilar:

«Bu insonni bor mulkini qo‘lga kiritibsizlar, U mening ham shaxarimdir sizlar buni yaxshi bilaszlar agar sizlar yaxshi ish qilmoqchi bo‘lsangizlar undan olgan narsalarni qaytarib beringlar bu qilgan ishlaringiz bizni xursad qiladi. Agar sizlar bunday qilishlikni xoxlamasanglar unda bu o‘ljalar sizlarniki Alloh oldida sizlarni buga haqqingiz bor»

Saxobalar aytdilarki:

«Yo‘q bizlar unga tegishli mollarni qaytarib berishlikni iroda qildik ey Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)!»

Qachon Abu Os o‘zinig mol mulkini olgani kelganida odamlar unga dedilar: ey Abu Os sen qurayshliklar ichida martabang ulug‘, keyin payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning amakilarining o‘g‘illaridirsan va u kishiga kiyov bo‘lasan, nima uchun sen islomni qabul qilmaysan? Biz seni bu mol mulkigni qaytarib beramiz sen o‘zing nima qilishingni o‘zing bilasan, xoxlasang Madinada biz bilan birga qol»

Abu Os dedi: — sizlar meni juda yomon xolimda islomni qabul qilishimni taklif qilayapsizlar, naxotki meni yangi dinni ilojsiz qolganimda qabul qilishimni xoxlaysizlar!

Abu Os Makkaga otlandi va u yerga borganidan so‘ng xar bir omonat mollarni o‘z egalariga topshirganidan so‘ng ularga qarab dedi:

— Ey quraysh ahli! Men sizlardan birontangizga tegishli moligizni olib qoldimmi?

— Yo‘q — dedilar sen bizga tegishli molni hammasini qaytarib berding va qarzing yo‘k bizdan.

Abu al Os dedilar:  Men sizlarga nima kerak bo‘lsa hammasini qaytarib berdim sizlar guvox bo‘ldingiz «Allohga qasam! Men islom dinii Madinada qabul qilmadim, sizlarni mollaringizni o‘zlashtirib olibdi deb o‘ylamasingiz uchun xaf qilib. Sizlarni molingizni qaytarib berdim endi guvox bo‘ling «Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning elchisidir»

Abu al Os Makkadan Madinaga qarab Allohni Rasulini oldiga bordilar. Ularni xotinlari qaytib kelidi bundan xursad bo‘ldilar.

Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) u kishi haqida shunday dedilar:

«Qachon menga gapirsa to‘g‘ri gapirdi va qachon menga vada bersa vadasini ustidan chiqdi»

Alloh u kishidan rozi bo‘lsin.