Ahmarov Chingiz
Tavallud topgan sana:
18 avgust 1912 yil
Vafot etgan sana:
13 mart 1995 yil
Tug'ilgan joy:Rossiya imperiyasi
Yo'nalishlar: Rassomlar
Tarjimai hol
Chingiz Axmarov (1912—1995) — yirik musavvir rassom, monumentchi, portretchi-rassom, miniatyurachi-rassom, professor, yuzlab o‘quvchiga saboq bergan pedagog. O‘zbekiston va Tatarston xalq rassomi, Stalin mukofoti laureati. San’atshunoslik olamida “Ahmarov maktabi” nomini qoldirgan inson va yirik rassom.
Chingiz Axmarov 1912-yil 18-avgust kuni Troitsk (Janubiy Ural, Rossiya)da tug‘ilgan. Ahmarovlar oilasida 11 nafar farzand bo‘lgan, ular bilan ham onasi, ham otasi tarafdan buvisi va dodasi yashagan.
Axmarovlar oilasida yuqori madaniyat 19-asrdan hukm surgan, bobosi Miftoxitdindan ularga katta kutubxona meros qolib, unda turk, tatar va ozarbayjon tillaridagi qo‘lyozma va toshbosma kitoblar va jurnallar ko‘p bo‘lgan. Chingiz bolaligidan “Mulla Nasriddin” nomli jurnalni yaxshi eslaydi, zero, u yerdagi suratlarni ko‘chirib chizgan, uning opalari she’r mutolaasi bilan qiziqishgan, pianino chalishgan, uyda spektakllar qo‘yib, adabiy kechalar uyushtirib, uyga mehmonlar chaqirishgan.
Chingiz to‘rt yoshidan bolalar bog‘chasiga, yetti yoshidan esa katta akalari o‘qigan maktabga boradi. Olti yoshida Chingizga Gaufning “Kichkina Muk” kitobini sovg‘a qilishadi, kitob Dmitriy Mitroxin suratlari boyitilgan edi. Mitroxinning suratlari bolakayning taqdirini belgilab berdi albatta, rassom bo‘lishni qalbiga tugib qo‘ydi.
1927 yil boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘n besh yasharli Chinshizni perlik badiiy bilim yurtiga takliy qilishadi. Perm bilim yurtidagi imtihonda Chingiz I.A.Krilovning “Qarg‘a va tulki” masalidagi suratlarni chizadi va talabalikka qabul qilinadi. Shu yilning o‘zida Chingizning otasiga o‘g‘lining sog‘lig‘i tufayli yashash iqlimini o‘zgartirishni maslahat berishadi va Chingizlar oilasi O‘zbekistonga, avvaliga, Qarshi, so‘ngra Samarqandga ko‘chib keladi.
1931-yil Chingiz Axmarov Perm rassomchilik bilim yurtini tamomlaydi, uning diplom ishi shahar drama teatridagi F.Shillerning “Makr va sevgi” fojiaviy asariga chizilgan suratlari bo‘ldi. Mazkur asar teatrning badiiy hayotida sezilarli voqeaga aylandi va yosh rassomni turli ishlarga taklif qila boshlashdi. Diplomni qo‘lga olib, Chingiz oilasiga - sevimli Samarqandiga, uni doim chorlagan Temur maqbarasi, Go‘ri Amirga qaytadi.
Axmarovning qaytishiga Samarqandda badiiy texnikum ochilib, unga Pavel Benkov va Zinaida Kovalevskayalar rahbarlik qilishadi, akademik bilimga ega moskvalik va peterburglik ustozlar dars berishgan. Yoshgina Chingiz ham tez orada ishga kiradi, u mazkur maktabda chizmachilik va rassomchilikdan dars beradi. 1934-yilning mayida maktabdagi darslar yakunlanishi bilan Toshkentga keladi va poytaxtdagi hamkasblari bilan tanishadi. O‘z ishlarini Iskandar akaga ko‘rsatib, Chingiz kutilmaganda G‘ayratiy, Shokira Sulaymon kabi yozuvchilar va ikkita xalq ertaklari kitoblarini bezagi uchun buyurtma oladi. Nashriyotdagi faoliyati uni Abdulla Qahhor, Zilfiya, Parda Tursun, G‘ofur G‘ulom kabi yozuvchilar, dramaturg Umar Ismoilov, shoir Maqsud Shayhzodalar bilan yaqinlashtirdi. Nashriyotdagi gazeta va jurnallarda ishlab, shuningdek, Usto Mo‘min, Boris Jukov, O‘rol Tansiqboyev, Aleksandr Volkov kabi rassomlar bilan ham yaqinlashadi. U vaqtlar Chingizning yoshi bor-yo‘g‘i 22 da edi, bu kabi o‘qimishli va qiziqarli insonlar bilan suhbat uning dididagi madaniyat va dunyoqarash kabi qirralarni shakllantiradi.
1935-yil u Leningraddagi Rassomchilik institutiga o‘qishga kirishga qat’iy qaror qiladi va u yerga o‘z hujjatlari va tanlov ishlarini yuboradi. Ammo javobni kutib qoladi va uning o‘zi Neva daryosining qirg‘oqlari tomon yo‘l oladi. Biroq Leningradda umidlari puchga chiqadi: uni o‘qishga qabul qilishmaydi - tanlov juda kuchli o‘tadi va har bir ishtirokchi orqasida kuchli rassomlar turadi. Bu zarba juda shavfqatsiz bo‘ldi, ammo Chingiz bo‘sh kelmaydi. U o‘zining rad etilgan ishlari bilan Moskvaga jo‘naydi va Lev Bruni hamda Vladimir Favarskiy kabi rassomlarga yuzlanadi, zero Toshkentda va Samarqandda ular haqida ko‘p eshitgandi. Chingizni o‘qishga iltifot bilan qabul qilishadi, uning hujjatlarini ko‘rib, “Izoinstitut”ga borishini maslahat berishadi.
1942-yil Chingiz Axmarov institutni yakunlaydi, institutni nomi Surikov nomiga o‘zgartirilgan edi. 1944—1947-yillar Axmarov A.Navoiy nomidagi opera va balet teatrida qo‘lyozmalar yaratadi. Ulkan va mislsiz ishi uchun Chingiz Axmarov 1947-yil 1-darajali Stalin mukofoti bilan taqdirlanadi. 1955-yil Axmarov kutilmaganda u uchun muhim bo‘lmish mualliflik ishi uchun buyurtma qabul qiladi — Qozondagi opera va balet teatrining intererini shaxsan bezatish. Ham hajman, ham ijodiy g‘oyasi bo‘yicha ulkan bo‘lmish ish uchun Axmarov ikki yil vaqt sarflaydi. 1961-yil Axmarovning taqdiri o‘zgaradi. U Toshkentga qaytadi. U Ulug‘bek muzeyi uchun bir qator monumental-dekorativ ishlar qiladi, Beruniy nomidagi sharqshunoslik institut ayvoni uchun qo‘lyozmalar chizadi. Toshkentdagi Navoiy muzeyining binosini, Samarqanddagi “Yulduz” restoranining banketlar zalini bezaydi. Sochidagi “O‘zbekiston” sanatoriysini, Toshkent metrosidagi “Alisher Navoiy” bekatini bezaydi. Hattoki, Krasnoyarsk shahridagi kafeni ham bezashga ulguradi — sibirliklar uchun O‘zbekistondan had’ya.
Ushbu yillar u Toshkent rassomchilik institutida dars berishga ham ulguradi, 1964-yil esa kitob grafikasiga qaytib, Sharof Rashidovning “Kashmir afsonasi”ni bezashga ulguradi. Axmarovga shon-shuhrat, faxr va hurmat keladi. 1964-yil u O‘zbekiston xalq rassomi bo‘ladi, 1967-yil esa Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ladi. O‘zbekistonning yangi hukumati uni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” oliy mukofoti bilan taqdirlaydi. 2007-yil Chingiz Axmarov tavalludining 95-yilligining hukumatimiz tomonidan nishonlanishi hamda rassom xotiralari kitobining nashr etilishi prezidentimizning rassom va uning ijodiga bo‘lgan sevgi va hurmatdan dalolatdir.
Chingiz Axmarov 1995-yil 13-mart kuni 83 yoshida vafot etgan. Uning qabriga haykaltarosh Tojixo‘jayev tomonidan ishlangan ajoyib haykali o‘rnatilgan, dafn marosimi gavjum bo‘lgan.