Shreder Rixard Rixardovich haqida

Shreder Rixard Rixardovich haqida

Shreder Rixard Rixardovich


Tavallud topgan sana:
15 oktabr 1867 yil


Vafot etgan sana:
27 aprel 1944 yil


Tug'ilgan joy:Rossiya imperiyasi


Yo'nalishlar: Agronomlar




Tarjimai hol


Rixard Rixardovich Shreder – ko‘zga ko‘ringan agronom, olim, Markaziy O‘rta Osiyo hududida Ilmiy tadqiqot institutining birinchi asoschilaridan, bog‘dorchilik, uzumchilik va vino ishi bo‘yicha 42-yil mobaynida faoliyat yuritdi. Shreder ekiladigan mahalliy bo‘g‘doylarning 1000 dan ortiq navini tekshirgan, O‘rta Osiyoda o‘stirilayotgan bo‘g‘doylardan hosildorlarini ajratib olgan.

Rixard Rixardovich 1867-yil 15-oktyabrda Moskvada tug‘ilgan, Uning otasi Rixard Ivanovich Shreder, Petrovskiydagi yer va o‘rmon xo‘jaligi akademiyasi professori bo‘lgan.

1887-yil gimnaziyani bitirib, Rixard Rixardovich Moskva universitetining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kiradi va 1891-yil birinchi darajali diplom bilan bitiradi. 1894-yil Petrovskiy qishloq xo‘jaligi akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagach, ziroatchilik departametiga ishga qabul qilinadi.

1895-yildan 1900-yilgacha xususiy ziroatchilik kafedrasida assistent sifatida Shreder prof. D.I.Pryanishnik rahbarligi ostida bir qancha ishlarni amalga oshirdi va qishloq xo‘jaligi Ensiklopediyasi haqida va boshqa bir qator maqolalarni nashr etdi. Ular qatorida: “Kuzgi g‘allalarni fosfor bilan o‘g‘itlash xususiyati”, “Boshoqlarda ostlar muammosi ahamiyati”, “Oliy navli o‘simliklarni oqsillar bilan sintezlash muammosi ” va boshqalar.

1900-yil bahorida Moskva universitetida magistrlik imtihonini topshirdi, privat-dotsent unvonini olib, Germaniya va Shveysariya xizmat safariga jo‘natildi.

Chet el safaridan qaytgan olim va tadqiqotchi Rixard Rixardovich qishloq xo‘jaligi yordadami zarur bo‘lgan joylarga borishni o‘ziga ma’qul ko‘rdi.

1902-yil yakunida 1898-yil tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi uni Turkiston qishloq xo‘jaligida ilmiy ishlar rahbari va mudiri etib tayinlandi. Toshkentdan 16 kilometrda uzoqda joylashgan Chimkentning Achchi qishlog‘ida edi.

Rossiya to‘qimachilik sanoati tomonidan paxta bo‘yicha stansiya tashkil etildi.Birinchi o‘rinda asosiy e’tiborni mahalliy paxta navlariga qaratildi. Turkistonga kelgan R.Shreder asosan yevropacha (ingliz, fransuz, nemis va italyan tillarni) yaxshi o‘zlashtirgandi. U birinchi navbatda mahalliy urf-odatlar va an’analarni, o‘rta asrda yerga ishlov berish siri va turli xil yetishtirish seleksiyasini o‘rgandi.

R.Shreder o‘zining yirik tadqiqot ishlari bilan AQShda ham tanilishga ulgurdi. 1911-yil AQShda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Xalqaro kongressda o‘tkaziladi, unda olim ishtirokchi sifatida taklif etiladi. U yerdan Shreder boy taassurotlari bilan qaytadi. 1912-yilda mahalliy matbuotda xabar berishicha, Turkiston qishloq xo‘jaligi jamoati prezidenti R.Shreder majlislar zalida mevashunoslik xususida “Kaliforniya mevashunosligi” mavzusida katta doklad o‘qidi.

1935-yil Markaziy ijro qo‘mitasi a’zosi;

1935-yil Butunittifoq qishloq xo‘jaligi fanlari Akademiyasining haqiqiy a’zosi;

1943-yil O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi;

1936-yil R.R.Shreder qishloq ho‘jaligi fanlari bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasi unvoniga ega bo‘ldi.

1902-yildan umrining oxirigacha Turkiston qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi (hozirgi akademik R.R.Shreder nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti) rahbari bo‘lgan. Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati prezidenti (1904-1918-yillarda). Turkiston xalq universitetini tashkil etishda faol qatnashgan (1918), O‘rta Osiyo universiteti qishloq xo‘jaligi fakultetining birinchi dekani va professor Shreder rahbarligida g‘o‘za, don, meva, rezavor-meva, sabzavot ekinlari, pillachilik va boshqalar sohalarda keng qamrovli tadqiqotlar olib borildi, ayniqsa, bog‘dorchilikka katta ahamiyat berildi.

R.R.Shreder 1944-yil 27-aprel 77 yoshni qarshilab bu dunyoni tark etadi va Toshkentdagi Botkin qabristoniga qo‘yiladi.

Kuzgi bug‘doyning “Qora kaltak” yoki №584 navini, g‘o‘zaning o‘z davrida mashhur, tezpishar №1306 yoki “Shreder” navini yaratgan. Mevali o‘simliklar kolleksiyasini tashkil etib, olma, nok va boshqalarning 200 dan ortiq navini o‘rgangan. Uning ishini keyinchalik o‘g‘li A.G.Shreder (Argus, Toshkent borovinkasi, Toshkent kalvili, Pskent olmasi va boshqa navlari yaratgan), nabirasi Ye.A.Shreder (Cho‘lpon, Go‘zal, Oltin olma va boshqa navlar muallifi) davom ettirdi.

Institutda chiqarilgan serhosil uzum “Shreder ertagisi”, qulupnay “Shreder xotirasi”), olma (“Shreder reneti”) navlari uning nomi bilan atalgan.

Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutining 100-yilligi munosabati bilan institut markaziy binosi oldida bronza haykali o‘rnatilgan (2001). “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2004).

2013-yildan boshlab Markaziy Osiyodagi eng qadimgi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik bo‘yicha O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot instituti akademik R.R. Shryoder akademik Mahmud Mirzayevning nomi bilan atalgan.


Video galereya


[url=#]



[/url]