Shohakimov Aziz
Tavallud topgan sana:
1989 yil
Tug'ilgan joy:Toshkent
Yo'nalishlar: Ijodkorlar va musiqachilar
Tarjimai hol
Aziz Shohakimov 1989-yil Toshkentda tug‘ilgan.Toshkent konservatoriyasi qoshidagi Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabini, so‘ngra Toshkent konservatoriyasi qoshidagi Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyini tamomlagan. U 12 yoshidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Vladimir Neymer qo‘l ostida dirijyorlik bilan shug‘ullanib keladi.
Aziz Shohakimov O‘zbekistondagi barcha simfonik orkestrlarida ishtirok etib kelmoqda, ularning orasida Toshkent opera teatri (Shohakimov 14 yoshida “Karmen” Bize operasida dirijyorlik qilgan), O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrini 2012-yildan buyon boshqarib kelmoqda. U Milliy simfonik orkestrida ilk bor 13 yoshida ishtirok etdi, keyin Betxovening beshinchi simfoniyasi debyut dasturida va Listning Birinchi konsertida fortepianoda orkestr bilan chiqish qildi. Bundan tashqari, dirijyor muntazam ravishda O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestrida qatnashib keladi.
2003-yildan musiqachi Yoshlar simfonik orkestri hamkorligida Povoljya, Tolyatti, Samara, Cheboksarax, Qozon, Ijevsk, Ulyanovlarda o‘z chiqishlarini namoyish etdi. Bu jamoa bilan yosh dirijyor ikki marta Moskvadagi —Moskva Xalqaro musiqa uyining(MXMU) Kamera zalida va Konservatoriyaning Katta zalida o‘z chiqishini namoyish etdi.
2003-yildan Aziz dirijyor-stajyor sifatida Povoljya Yoshlar simfonik orkestrida to‘rt festival-sessiyasida ishtirok etadi. Rossiya Milliy filarmoniya orkestri dirijyor-stajyor guruhiga kelib qo‘shildi. Rossiya Milliy filarmoniya orkestri konsertlarida Moskva Xalqaro musiqa uyining Svetlanov zalida ishtirok etdi. 2006-yil 14-iyunda Rossiya Milliy filarmoniya orkestri yosh dirijyorlar debyut konsertida Veberning “Oberon” uvertyurasini ijro etgan, 2007-yil 19-yanvarda ikkinchi dasturda Bize Simfoniyasiga dirijyorlik qilgan. Shuningdek, Aziz Shohakimov – Bambergdagi G.Maler nomli Xalqaro tanlov laureati, ayni paytda Reyn (Dyusseldorf) Nemis operasi dirijyori. Yevropa va Amerika orkestrlari bilan ko‘p bora faoliyat yuritadi.
2015-yilda Aziz Shohakimov katta muvaffaqiyat bilan Isroilda isroillik simfoniya orkestri Rishon Lezion bilan bir qator konsertlar beradi.
2016-yilda Salzburg festivali doirasida o‘tkazilgan yosh dirijyorlarning an’anaviy tanlovi g‘olibi deb tan olindi.
Video galereya
[url=#]