Said Ahmad haqida

Said Ahmad haqida

Said Ahmad


Tavallud topgan sana:
1920 yil


Vafot etgan sana:
5 dekabr 2007 yil


Tug'ilgan joy:Toshkent


Yo'nalishlar: Yozuvchilar







Tarjimai hol


Said Ahmad - nasrnafis va dramaturg, o‘zbek adabiyotida kichik nasr - hikoya ustasi sifatida tanilgan. Uning ko‘plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan novella va hajviy hikoyalari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mislsiz xizmatlari uchun Said Ahmad “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan.



Said Ahmad 1920 yil Toshkentda ishchilar oilasida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini barvaqt boshlagan. 30-yil boshlaridayoq yosh jurnalist va ijodkor sifatida qishloq xo‘jaligi kollektivlashuvida va aholining savodsizligiga barham berishda faol ishtirok etgan. Katta xalq qurilishlarida muxbir bo‘lib ishlagan.



30-yil boshlari, 40-yil oxirlarida “Qizil O‘zbekiston” gazetasining sahifalarida, “Mushtum” va “Sharq yulduzi” jurnallarida o‘zining ocherk va hikoyalarini chop etadi, radioda ham faol ishlaydi.



30-yil oxirlaridan Said Ahmad badiiy nasr janrida samarali ijod qiladi, uning birinchi hikoyalar to‘plami “Tortiq” 1940 yil nashr etilgan. “Jimjitlik” romanida turg‘unlik davri illatlari fosh etiladi. 40-yillar uning “Er yurak” (1942), “Farg‘ona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi to‘plamlari nashr etilgan.



50-yillar boshi, 60-yillar oxirida Said Ahmadning ijodi yanada yuqoriroq badiiy darajaga ko‘tariladi. U o‘nlab lirik va hajviy hikoyalar yaratib, o‘zbek adabiyotining hikoya janri rivojida muayyаn o‘ringa ega bo‘lgan. Bu yillar Said Ahmad ijodida yangi mavzu alohida e’tiborga loyiq - bu Markaziy Farg‘onaning bo‘z yerlarini o‘zlashtiruvchilar hayotining aks etish mavzusidir. Bu hikoyalar “Cho‘l burguti”, “Cho‘l shamollari” va “Tunlar va cho‘llar” kabi to‘plamlardan joy olgan bo‘lib, bizning ko‘pmillatli adabiyotimizdagi “qishloq nasri”ning o‘ziga xos timsollari hisoblanadi.



Said Ahmad o‘zini nasrning yirik janrlarida ham sinab ko‘rgan. U “Hukm” qissasini yozgan. Shuningdek, o‘zbek nasrida nisbatan sust rivojlangan detektiv janri asosidagi “Sud” qissasini yaratib, unda axloqiy-tarbiyaviy muammolarni ilgari ko‘taradi. Va, nihoyat, “Ufq” trilogiyasini yozadi. Ushbu trilogiya yozuvchi ijodida alohida o‘rin tutudi — zamonaviy o‘zbek nasridagi yirik hodisa.



Said Ahmad ushbu romanlar ustida 15 yil mehnat qilgan. Ular yozuvchining butun hayot yo’lini qamrab olgan - urushdan oldingi, urush davridagi va urushdan keyingi yillarni. Roman asosida chin tarixiy voqealar yotadi - Katta Farg‘ona kanalining qurilishi va Markaziy Farg‘ona kanalining egallanishi. Ushbu tarixiy hodisalar asosida yozuvchi xalqning ma’naviy dunyosini ochib, qadimdan ularga hos mehnatkashlikni, to‘g‘riso‘zlik, jasorat - xalqaro ittifoqdoshlik va jamoaviylikni ko‘rsatib beradi - bular esa inson qalbiga xos olijanob va himmat manbalari sanaladi.



“Ufq” o‘zbek va rus tillarida ko‘pkarra nashr etilgan, qardosh xalqlarga bir necha bor tarjima qilingan. Kitobxonlar orasida shubhasiz, shuhrat qozongan mazkur trilogiya uchun muallif 1978 yil Hamza nomidagi O‘zbek SSRning Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Said Ahmad dramaturgiya va kinodramaturgiya sohalarida ham samarali ijod qiladi. Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘aloni” komediyasining shuhrati juda baland bo‘lgan. Ushbu komediya spektakli hanuz O‘zbekiston va qardosh xalqlarning teatr sahnalarida namoyish etiladi.



So‘nggi yillar Said Ahmad o‘zi yaqindan tanigan va bilgan yozuvchilar haqida yodnomalar yozgan. Uning G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qodiriy va Saida Zunnunovalar haqidagi xotiralari “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan. Said Ahmad “O‘zbek SSR xalq artisti” unvoniga loyiq topilgan, “Xalqlar do‘stligi” ordeni va SSSR medallari, O‘zbek SSR Oliy Kengash Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.



Istiqlol yillari keyingi mukofotlar bilan mukofotlangan: “Do‘stlik” ordeni (1995), “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (1990). Ammo uning xizmatlari uchun eng oliy mukofot 1999 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston qahramoni” unvoni bo‘lgan.



Said Ahmadning rafiqasi - Saida Zunnunova. 2013 yil 10 iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Said Ahmad hamda Saida Zunnunovalarning haykallari o‘rnatilgan.


Video galereya


[url=#]



[/url]