Аchchiq qalampir yetishtirish

Аhamiyati.

Аchchiq qalampirning mevasi yangi uzilgan holida salat

tayyorlashda, oshpazlikda, konservalashda ishlatiladi. Аchchiq qalampirning mevasi ovqat va konserva tayyorlashda ziravor sifatida ishlatiladi. Tarkibiga qalampir qoʼshilgan dorilardan revmatizm, radikulit, bezgak va boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.

Аchchiq qalampirni Margʼilon– 330, Pikantnыy, Uchqun, Tillarang, Mumtoz, Said kabi navlari ekiladi.

Koʼchat tanlash.

Koʼchatlari 40–45 kunlik, 8–10 bargli, poyasi va ildizlari yaxshi rivojlangan, barglari toʼq yashil tusda, sogʼlom boʼlishi lozim. Urugʼlarini ekishdan oldin virus kasalliklariga qarshi 48 soat

davomida 50–52 o S va 24 soat 80 o S qizdirilsa, keyin 3 minut 5 foizli shoʼr suvda ivitilsa yaxshi natija beradi.

Аччиқ қалампир етиштириш

Yer tayyorlash.

Yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanib, hosildan boʼshagan maydon oʼsimliklar qoldiqlaridan tozalanadi, 1 sotix

yerga 200 kg chirigan goʼng sochib chiqiladi. Berilishi lozim boʼlgan mineral oʼgʼitlar miqdorini bir qismi qoʼlda sochilib, keyin maydon 28–30 sm chuqurlikda yumshatiladi, xaskash yordamida yirik kesaklar maydalanib bir yoʼla yer tekislab olinadi, keyin 70 sm yoki 90 sm qator oraligʼida ekish egatlari tortib chiqiladi.

Ekish muddati va sxemasi.

Аchchiq qalampir koʼchatlari janubiy viloyatlarda martning III oʼn kunligi, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda prelьning II–III oʼn kunligida va shimoliy mintaqalarda aprelьning III va mayning I oʼn kunligida 70×20, 30 sm tizimida, yer osti suvlar yaqin boʼlgan yerlarda 90×20 sm tizimida ekiladi. 1 sotix aydonga

ekish sxemasiga qarab 555–714 ta koʼchat sarflanadi.


Parvarishlash.

Oʼsimliklarga birinchi ishlov berish koʼchatlar tutib olgach, yaʼni ekilganidan 10–12 kundan keyin boshlanadi. Bunda pushta va

qatordagi koʼchatlar orasining yengil chopiq qilinadi. Soʼngra 12–15 kun oʼtgach, yana bir bora chopiq qilinib sugʼoriladi va oziqlantiriladi. Аchchiq qalampirni oʼsuv davrida 2-3 marta qoʼlda chopiq qilinadi. Shirin qalampirni sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda oʼsuv davri mobaynida 10- 12 marta sugʼoriladi sizot suvi yaqin joylarda 8-9 marta sugʼoriladi. Xar gal 1 sotixga 5–6 m 3 hisobidan suv sarflanadi.

Oʼgʼitlash.

Аchchiq qalampir yetishtirishda sof holda 1 sotix maydonga

7,6 kg sulьfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy xlor oʼgʼiti beriladi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.

Аchchiq qalampirni mevasiga kasallik va xashoratlar kamroq zarar keltiradi chunki achchiq (kaptsiatsin) moddasi ximoya qiladi. poyasi, bargi va ildizini xashoratlar zararlaydi. Kasalliklardan fitoftoroza, fuzarioz va vertitsillioz soʼlish,

uchraydi. Fitoftoroz, alьternariozga Kurzat R n.kuk. (200–250 g), Prokure 77,2% s.e.k. (1 l/ga) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qoʼllash yaxshi samara beradi.

Hosilni yigʼishtirish.

Аchchiq qalampirni koʼkligida ham, qizarganida ham isteʼmol qilinadi. Xosili texnik va biologik pishish davrida terib olinadi. Texnik pishgani yashil rangda barra meva xisoblanadi, biologik pishganda mevasi qizil rangga kirib ichidagi urugʼlari xam pishib yetiladi. Аchchiq qalampir biologik pishib yetilish davrida mevasining tarkibidagi achchiqlik miqdori koʼproq boʼladi. Xosil oʼsuv davri davomida 10-12 marta terib olinadi.

Iqtisodiy samarasi.

10 sotix maydonga 7140 dona koʼchat uchun 856 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1406500 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi eng past narxda bir kilogrami 2000 soʼmdan sotilganda 3 mln. soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 1 mln. 593 ming soʼm sof foyda olish mumkin.