«Eng qudratli kuch — moliyaviy bilim»
Milliarderning «Boy ota — kambag’al ota» kitobi betsellerga aylanib, ommaga ulkan bilimlarni ulashgan.
«Ushbu kitob farzandlarining eng asosiy o’qituvchilari — butun dunyo ota — onalariga bag’ishlanadi» («Boy ota-kambag’al ota» kitobining epigrafi)
Kitobni o’qib ajoyib taasurotlar olish mumkin. Ko’rinishidan murakkab bo’lgan biznes olami aslida ancha sodda. Ayniqsa kitobda tilga olingan «Cashflow» — (o’zbekcha) «Pul oqimi» o’yini ko’pchilikka manzur bo’lgan.
O’yinda ikkita aylana bo’lib, «boylar yo’lagi» va «kambag»allar yo’lagi» deb nomlanadi. Ushbu o’yin faqatgina yaxshi pul topishni emas, barqaror va doimiy daromad, shaxsiy biznes yaratish sirlarini anglash imkoniyatini ham beradi. O’yinning maqsadi — odamda katta moddiy imkoniyatlarni vujudga keltirish, hayot ko’nikmalari talabiga hamohang, bosqichma-bosqich iqtisodiy va moliyaviy savodxonlikni oshirish imkonini berishdan iborat. O’yinni o’ynab pullarni aql bilan boshqarishni, passiv daromadlar yaratishni o’rganish mumkin.
«Cashflow» o’yini haqida