Dunyodagi eng yuqori IQ ga ega 10 inson

Miya inson tanasidagi oʼta sirli qismlardan biridir. U bizning tizimni boshqaruvchi eng ahamiyatli organ sanaladi. Lekin ushbu organ sabab kimlardir daho, kimlardir oʼrtacha aqlga ega, baʼzilarning esa koʼcha tilida aytganda “kallasi ishlamaydi”.

Yer yuzida juda koʼplab kuchli intellegent egalari mavjud. Ular salohiyatini IQ darajasi belgilab beradi. Ushbu maqolamizda hozirgi paytda hayot boʼlgan eng yuqori IQ ga ega 10 ta inson haqida soʼz yuritamiz.

10. Garri Kasparov – IQ darajasi 190


Kasparov 2003-yilda soniyaning maʼlum bir qismi ichida 3 million pozitsiyani hisoblay oladigan shaxmat mashinasi bilan durang oʼynaydi. U Rossiyaning shaxmat masteri hisoblanadi. Kasparov 22 yoshida Аnatoliy Karpovni magʼlub etib, eng yosh jahon chempioniga aylangan.

9. Filip Emegvali – IQ darajasi 190


Filip Emegvali nigeriyalik injener, matematik, kompьyuter olimi va 1989-yilda Gordon Bell Mukofotini qoʼlga kiritgan 2ta geologdan biri.

8. Marilin Vos Savant – IQ darajasi 190


Marilynvossavant.com sayti maʼlumotiga koʼra, Marilin 1985-yilda eng yuqori IQ ga ega ayol sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiradi. Marilin “Parade Magazine” jurnalining eng mashhur siymolaridan biriga aylangan. Marilin saytiga koʼplab odamlar turli jumboqlar, boshqotirmalar va turli fanlarga oid murakkab masalalarni yuborib turishadi.

7. Mislav Predavech – IQ darajasi 192


Roʼyxatimizning 7-oʼrinini xorvatiyalik matematik professor Mislav Predavech egallagan.U dunyodagi koʼpgina kuchli intelligent sohiblari birlashgan GenerIQ jamiyatining asoschisi va prezidenti hisoblanadi. Qolaversa Mislav savdo kompaniyasining ham xoʼjayinidir.

6. Rik Rosner – IQ darajasi 192


Rik koʼp yillar barda ishlagan, xulqi anchagina qoʼpol va murakkab boʼlgan. U ChiPs televizion shousini yaratib prodyusser sifatida taniladi. Keyinchalik U DirecTV bilan hamkorlikda televizion yoʼldosh yaratadi.

5. Kristofer Langan – IQ darajasi 195


Kristofer 6 oyligida gapirishni boshlagan, 3 yoshligida esa oʼqishni oʼrganib olgan. U “Idrok va voqelik oʼrtasidagi munosabat nazariyasi” yaratuvchisi hisoblanadi.

4. Dr. Evangelos Katsiolis – IQ darajasi 198


Grek millatiga mansub Evangelos Katsiolis tibbiyot doktori va psixiatri sanaladi. U filosofiyada va tibbiyot sohasiga oid texnologiyalar boʼyicha izlanishlari natijasida shuhrat qozongan. U World Intellegence Network (WIN) tarmogʼi asoschisidir. Shuningdek, Doktor yaxshi rassom va suv sportida namunali suzuvchilardan biridir.

3. Kim Ung-Yong – IQ darajasi 210


Koreyalik injener Kim Ung-Yong hayratomuz IQ ga ega boʼlib, bolaligidan oʼta kuchli isteʼdod egasi edi. 6 oylik paytida u koreys va boshqa bir qancha tillarni tushunar va gapira olar edi. 3 yoshligida esa allaqachon koreys, yapon, nemis va ingliz tillarida oʼqishni oʼrganib oladi va yapon televideniyasi orqali murakkab masalalarni hisoblab beradi. U yuqori IQ si bilan Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan.

2. Kristofer Hirata – IQ darajasi 225


Hirata ham tabiiyki bolaligidan daho edi. U 13 yoshida Xalqaro Fizika Olimpiadasida oltin medalni qoʼlga kiritadi. 16 yoshidan boshlab Mars sayyorasi loyihasi boʼyicha NАSА da ishlay boshlaydi. Hozirda U astrofizika boʼyicha Kaliforniya Texnologiya Institutida dars bermoqda.

1. Terence Tao – IQ darajasi 230


Roʼyxatimiz yetakchisi IQ darajasi 230 ga teng boʼlgan Terence Teo boʼlib, U Аvstraliyada dunyoga kelgan. Terence garmonik analiz, qisman differensial tenglamalar, qoʼshma kombinatorika, Ramsey teoremasi, analitik sonlar nazariyasi kabi sohalarda matematika “masteri” hisoblanadi. Unga 20 yoshida Princeton universiteti tomonidan “Doktor” unvoni berilgan boʼlsa, 24 yoshida UCLA da eng yosh professor unvoniga sazovor boʼldi. Terence Teo 2000-yilda Salem Prize, 2003-yilda Bocher Memorial Prize mukofotlariga loyiq deb topildi.

IQ-tisod kanali materiali ©