Turli xil dizaynda chiroyli Terrarium tayyorlab sotish.

Turli xil dizaynda chiroyli Terrarium tayyorlab sotish.


― Bu kabi ishlar muallifi – ko’pincha sabrli odamlardir. Bunday ishlarni bajarishda katta sabr talab qilinadi. Siz shu kabi terrariumlarni bozorlarda, sovg’a do’konlari va boshqa markaziy do’konlar sotishingiz mumkin.


#Xarajatlari:

– Terrarium shishasini va boshqa tashqi qismlarini Amazon yoki AliExpressdan rus va ingliz tillarida qidirib buyurtma berishingiz mumkin (bonkalarda ham yasash mumkin),

– O’rganishni uchun esa YouTube va Googleda qidiruv berib, video va rasmlar orqali o’rgansangiz bo’ladi.


#Daromadlari:

– O’rtacha bitta kapsulaga 20 000 – 70 000 so’m xarajat ketsa, uni bozor va do’konlarda 30 000 – 90 000 so’m atrofida sotolasiz. Bitta kapsula tayyorlash uchun 30 – 120 daqiqa ketsa, bir kunda 6 – 20 ta atrofida tayyorlay olasiz ekan.

– Bir kunlik foydaga kelsak, 120 000 – 200 000 so’m atrofida bo’lar ekan.


P.s: Terrariumni qanday dizaynda tayyorlash sizning didingiz va dizayningizga bog’liq.