Chiroyli taklifnoma va tabriknomalar tayyorlash.

Chiroyli taklifnoma va tabriknomalar tayyorlash.


― Ushbu biznes turi juda qiziqarli va unda zerikishlar yo’q. Ayniqsa, farzandlar, uka-singil, jiyanlar davrasidagi juda maroqli ish desam ham bo’ladi😊.


💸 #Xarajatlar

– Qalin qog’oz — 1000 dona 350 000 so’m

– Yupqa oq qog’oz 500 dona 35 000 so’m (SvetoCopy)

– Rangli yupqa qog’ozlar — 100 dona — 35 000 so’m.

– Tugmalar, xar hil bezak uchun kerakli narsalar — 50 000 so’m

– Qaychi, kley, ruchka, plomaster va boshqa mayda ish qurollari — 50 000 so’m

– Rangli printer – 2 000 000 – 4 000 000 so’m

– Boshqa xarajatlar — 150 000 so’m


💰 #Daromadi

– Taklifnoma va tabriknomalar ko’plab turlarda tayyorlashingiz mumkin va ularning narxlari 300 so’mdan 35 000 so’mgacha baholanadi.

– Demak, bir kunda 200 ta taklifnoma tayyorlasangiz, 60 000 – 700 000 so’mgacha daromad olsa bo’lsa, bitta taklifnoma 150 – 15 000 so’mga tushyabdi. Bir kunlik sof foyda esa 30 000 – 400 000 so’m ekan.