Biznes g’oya: Bir martalik qog’oz salfetka ishlab chiqarish
Hozirda bir martalik qog’oz salfetkalarga kundalik hayotimizda talab ortsa ortmoqdaki, aslo pasaygani yo’q. Shu sabab, bugun ushbu mahsulotni ishlab chiqarish harajatlarini ko’rib chiqamiz:
Dastlabki xarajatlar:
• korxonani roʻyxatdan oʻtkazish – $150;
• uskunalar (avtomat liniya) – $8 700 (https://glotr.uz/uz/avtomatik-qogoz-salfetka-ishlab-chiqarish-uskunasi-af-b002-p302256/);
• xom ashyo (tonnasi) – $1 350;
• reklama – $300;
• jami: $10 500
1 tonna xom ashyodan 3 kun ichida 30 000 ta qadoqlangan tayyor maxsulot ishlab chiqarish mumkin. Tayyor mahsulot ulgurji narxi 700 so’m:
3 kunlik ish xarajalari:
• Xom ashyoga: 14 mln 243 ming so’m;
• elektr: 60 000 so’m;
• ikkita ishchi: 480 ming so’m;
• qo’shimcha xarajatlar (transport, ijara): 1 mln so’m;
• jami: 15 mln 783 ming so’m.
Daromadni hisoblash:
• Mahsulot: 30 000 * 700 = 21 000 000 so’m;
• daromad (3 kun): 5 217 000 so’m;
• oyiga (24 ish kuni) 40 mln so’m;
Demak, siz qilgan xarajatlaringizni 3 oyda chiqarib foydaga kirsangiz bo’lar ekan.