Videoregistrator avtomobil harakati davomida yo‘l hodisalarini tasvirga olish va yozuvlarni saqlashga imkon beradigan funktsiyalarni o‘zida jamlagan kameraga sanaladi. U avtoulov saloniga o‘rnatiladi. Ushbu gadjet, shuningdek, muhrlangan videoning aniq vaqti va sanasini ham ko‘rsatadi. Moslama turli yo‘l hodisalari bo‘yicha muayyan xulosa chiqarish va mashinangizni joylashtirishni nazorat qilishga yordam beradi.