Bank kartasini qayta chiqarish uchun nima qilish kerak?

❓Bank kartasini qayta chiqarish uchun nima qilish kerak?


— bankka ariza berish

— bank kartasini almashtirish sabablarini ko’rsatish

— eski bank kartasini qaytarish (bank talabiga binoan)


❓Bank kartasi qayta chiqarilganda nimalar o`zgaradi?


— 16 xonali raqam

— amal qilish muddati

— CVV/CVC kodi

— PIN kod (uni jayda / bankomatda / mobil ilovada o’rnatishingiz mumkin)


Shu bilan birga, bank kartasi bog’langan bank hisob raqami o’zgarishsiz qoladi


❓ Bank kartasini qayta chiqarishda to’lov mavjudmi?


Agar bank kartasi muddatidan oldin qayta chiqarilgan bo’lsa, komissiya olinishi mumkin (bank tarifida ko`rsatilgan bo`lsa)


❓ Bank kartasini qayta chiqarish qancha vaqtni oladi?


o’rtacha 3 — 7 ish kunigacha


❓ Bank kartasi tayyor ekanligini qanday bilish mumkin?


— mobil raqamga SMS xabar orqali

— mobil ilovada push-bildirishnoma orqali

— bank filiallaridan